Xalqaro hamkorlikning yangi bosqichi
“Gidravlika va gidroinformarika” kafedrasi professor-o’qotuvchilari AQShning Nebraska universiteti bilan ilmiy-tadqiqot masalalarida o’rnatgan hamkorligi va Universitetimizda “Irrigatsiya tizimlaridan samarali foydalanish orqali, suv barqarorligi va iqlim o’zgarishi” mavzusidagi seminar tashkil etish taklifiga ko’ra, joriy yilning 7 - sentabr sanasida AQShning Nebraska universiteti “Tabiiy resurslar va suv tadqiqotlari markazi” laboratoriya direktori, professor Daniel D. Snow universitetimizga tashrif buyurdi.
Kafedra professor-o’qotuvchilari, professor Daniel D. Snow bilan kichik davra suhbati tashkil etib ta’lim va ilmiy-tadqiqot ishlarida o’zaro ko’p yillik hamkorlik o’rnatish masalalarini muhokama qildilar. Professor Daniel D. Snow uchun universitetimiz bo’ylab tanishuv tashkil etildi. Unga universitetimiz haqida mufassil ma’lumotlar berildi.
Universitet matbuot xizmati