Xalqaro hamkorlikni rivojlantirish yo’lida
Ko’p yillardan buyon “TIQXMMI”MTU va Slovakiyaning Nitra shahridagi Qishloq Xo’jaligi Universiteti o’rtasida Xalqaro hamkorlik yo’lga qo’yilgan bo’lib, tuzilgan anglashinuv memorandumi (2016 yil) doirasida Universitetimizning “Gidravlika va gidroinformatika” kafedrasi hamda Slovakiyaning Nitra shahridagi Qishloq xo’jaligi universitetining “Institute of Landscape Engineering” Instituti o’rtasida ko’plab o’zaro manfaatdorlik ishlari amalga oshirilmoqda. Bu ishlar ma’lum darajada Universitetimizda tizimli amalga oshiralayotgan xalqarolashuv ishlariga xizmat qilmoqda. Bu yo’nalishda hamkorlikda o’quv va ilmiy adabiyotlar nashr qilinmoqda, o’zaro professor-o’qituvchilar, doktorant, magistrantlar va talabalar almashinuvi amalga oshirilmoqda.
Jumladan, so’ngi 3 yil davomida hamkorlik doirasida yutib olingan Erasmus+ Programe Key Action– Mobility for learners and staff –Higher Education Student and Staff Mobility (Proj. N 2019-1-SK01-KA107-060126) va Slovak National Shcholarship Programm dasturlari doirasida 10 ga yaqin professor-o’qituvchilar, tadqiqotchilar va talabalari almashinuvi yo’lga qo’yildi.
Oliy o’quv yurtlariaro Xalqaro hamkorlikni rivojlantirish yo’lida joriy yilning Fevral oyida Universitet rahbariyati qo’llab quvvatlashi va “Gidravlika va gidroinformatika” kafedrasi tashabbusi bilan kafedraning 1 nafar doktoranti Akmalov Shamshodbek va 6 nafar Universitetimiz bakalavriatura ta’lim yo’nalishi talabalari Mamajonov Mo'minmirzo (SXM), Shamsiddinov Xushnudbek (SXM ) , Reimbaev Mardonbek (SXM), Kopalov Bexruzbek(GTQ), Xamdamboyeva Aziza (SXMIM), Abdukadirova Kamila (Ekalogiya va Atrof Muhit Muhofazasi) bilim va mahoratlarini yanada oshirish, Yevropa Ittifoqi ta’lim tizimi bilan yaqindan tanishish maqsadida Slovakiyaning Nitra shahridagi Qishloq Xo’jaligi Universiteti “Institute of Landscape Engineering” Institutiga tashrif buyurdilar.
Hozirgi kunda malaka oshirish va o’quv jarayonlari boshlangan bo’lib unda tadqiqotchi va talabalar faollik bilan ishtirok etmoqdalar. Bunda Universitetimiz vakillari ArcGIS Pro, AutoCad va boshqa dasturlani o’rganadilar hamda o’z ta’lim yo’nalishlari bo’yicha alohida fanlardan Universitetning tajribali professor-o’qituvchilari darslarida ishtirok etadilar, saboq oladilar.
Universitet matbuot xizmati