Xalqaro hamkorlikni rivojlantirish va mustahkamlash
"Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti" Milliy tadqiqot universitetining "Qurilishni tashkillashtirish va texnologiyasi" kafedrasi qoshida Avstriya Respublikasining FELDER KG kompaniyasi bilan hamkorlikda "Yog‘ochga Ishlov Berish Innovatsion Markazi"ni tashkil etish maqsadida kompaniyaning moliyaviy ishlar bo‘yicha direktori Alexander Felder (FELDER oilasi vakili), Markaziy va sharqiy Yevropa bo‘yicha hududiy direktori Stefan Thurner, Markaziy Osiyo va sharqiy Yevropa bo‘yicha hududiy direktori Karen Amrainer 2023-yil 22-sentabr kuni Universitetimizga tashrif buyurishdi.
Tashrif davomida mehmonlar Universitetning o‘quv – ilmiy markazlari va "Yog‘ochga Ishlov Berish Innovatsion Markazi" ga ajratilgan bino bilan yaqindan tanishishdi.
Universitet matbuot xizmati