Xalqaro hamkorlik - suv resurslarini tejashning asosiy tamoyili
2022 yilning16 sentyabr kuni “Irrigatsiya va melioratsiya” kafedrasi mudiri prof. Begmatov Ilxom Аbduraimovich va prof. Matyakubov Baxtiyar Shamuratovichlar, M.X.Dulati nomli Taraz regional universiteti tomonidan Taras davlat Universiteti rektori, akademik Аxmetov Аshimjan Suleymenovichning xotirasiga bagʼishlab tashkil qilingan “Аtrof-muhitni boshqarish va ekologik xavfsizlik kontekstida hududlarni barqaror rivojlantirish muammolari” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferentsiyada “Oʼzbekiston Respublikasidagi fermer xoʼjaliklarida ekinlarni sugʼorishda qoʼllaniladigan suvni tejaydigan texnologiyalar” mavzusidagi maʼruza bilan ishtiroq qilishdi.
Xalqaro ilmiy - amaliy konferentsiya yuqori darajada boʼlib oʼtdi.
Taraz regional universiteti va “TIQXMMI” MTU da “Irrigatsiya va melioratsiya” sohasida qilinayotgan ishlar bo'yicha xam tajriba almashilindi. Kelgusida hamkorlikda ilmiy tadqiqot ishlarini olib borish, doktorantlarni stajirovkalariga rahbarlik qilish kelishib olindi.