Xalqaro hamkorlik sohasidagi yetakchi universitet loyihasi
Joriy yilning 13 iyun sanasida universitetimizga Janubiy Koreyaning Keymyung Kollej Universiteti delegatsiyasi tashrif buyurdi.
Koreya Ta’lim vazirligi tomonidan moliyalashtirilgan “Xalqaro hamkorlik sohasidagi yetakchi universitet loyihasi” doirasida Keimyung kollej universiteti (KMCU) tashabbusi bilan “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” milliy tadqiqot universiteti (“TIQXMMI” MTU) da Mexatronika Teknikumiga asos solish orqali ta’lim kompetensiyasini oshirishga qaratilgan loyiha bo’yicha aniq vazifalar va maqsadlar atroflicha muxokama qilindi.
Tadbirda Prof.Sungha Lee, Prof.Yooseok Kim, Prof.Sang-Mi Kimlar kabi yetuk tajribaga ega mutaxassislar qatnashishdi. Xamkorlikda qo'lga kiritilgan Yangi loyixa boyicha universitetimizdagi mavjud shart sharoitlar o'rganildi va tashkil qilinishi rejalashtirilgan Mexatronika texnikumi boyicha muzokaralar olib borildi.Shuningdek, universitetimizda Ayol professor- o'qituvchilar va talaba-qizlarimizning daromadlarini yanada oshirishga qaratilgan vazifalar yuzasidan taklif va muloxozalar olib borildi.
Universitet Matbuot Xizmati