Xalqaro hamkorlik rishtasi
Dunyo universitetlarining yutuqlarini bilish va kuzatish hamda o’zaro tajriba almashish mamlakatdagi ta’lim tizimining ravnaqiga xizmat qiladi. Bu bir tomondan hamkorlik va o’zaro manfaatdorlikni anglatsa, ikkinchi tarafdan do’stlik va ilmiy-madaniy aloqalarning rivojlanishiga xizmat qiladi.
Xuddi shu maqsadda ayni kunlarda texnik hamda injenerlik sohasida kadrlar tayyorlaydigan 20 dan ortiq oliy ta’lim muassasalari rektor, prorektorlari va vazirlik mas’ullaridan iborat delegasiya Turkiyaning Izmir shahrida bo’lib turibdi. Unda universitetimizning birinchi prorektori Ruzimurat Choriyev ham ishtirok etmoqda.
O’zbekistonlik ta’lim muassasalarida faoliyat yurituvchi rahbariyat tarkibining ayni damda bo’lib o’tayotgan texnika yo’nalishi bo’yicha O’zbekiston-Turkiya oliy ta’lim muassasalari forumida ishtirok etayotgani e’tiborga molik. O’zbekiston-Turkiya oliy ta’lim muassasalari forumi davom etmoqda.
Mazkur Forumda O’zbekiston tomonidan 19 ta oliy ta’lim muassasalari va Turkiya tomonidan 50 tadan ortiq oliy ta’lim muassasalari ishtirok etishmoqda.
Mazkur Forumda Toshkent davlat agrar universiteti vakillari sifatida o’quv ishlari bo’yicha prorektor U. Djumaniyazov va xalqaro aloqalar bo’limi boshlig’i Z.Yoziyev ishtirok etishmoqda. Ushbu Forumning maqsadi ikkala tomon oliy ta’lim muassasalarining hamkorlik aloqalarini rivojlantirish va yanada mustahkamlash hisoblanadi.
Universitet matbuot xizmati