Xalqaro hamkorlik masalalari
Xabaringiz bor, 2022 yil 30 maydan boshlab, TIQXMMI MTU «SXTE va B» fakultetining «Iqtisodiyot» kafedrasi, Germaniyaning Gissen Yustus-Liblix Universtiteti bilan o‘zaro hamkorlikda “Fanlarni o‘qitish metodikasini takomillashtirish mentoring” o‘quv kursini tashkil etdi. Mazkur kurs doirasida Gissen Yustus-Liblix Universtiteti professor-o‘qituvchi(professor Martin Petrik, d-r Nozila Muhamedova)lari va TIQXMMI MTU «SXTEvaB» fakultetining «Iqtisodiyot» kafedrasi professor-o‘qituvchilari tomonidan 4 ta turdosh fanlar bo‘yicha o‘qitish metodikasini yanada takomillashtirish, o‘quv materiallari bilan o‘zaro almashish va takomillashtirish, undan tashqari kelgusida fanlarni o‘qitish bo‘yicha o‘zaro tajribalarni almashish doirasida hamkorlik boshladi. Mazkur mentoring kursi ayni vaqtda onlayn tarzda Zoom platformasi orqali amalga oshirilib kelinmoqda. Mentoring kursida dastlab quyidagi 4 ta fanlar, jumladan, “Ilmiy tadqiqotlar metodologiyasi”, “Atrof-muhit va resurlar iqtisodiyoti”, “Loyiha tahlili” va “Mikroiqtisodiyot” fanlari bo‘yicha o‘qitish metodikasini takomillashtirish ishlari olib borilmoqda.Kuni kecha navbatdagi muloqot tashkil etildi. Muloqotda Gissen Yustus-Liblix Universtiteti professor-o‘qituvchi(professor Martin Petrik va Nozila Muhamedova ishtirok etdi.
Kafedra dotsenti Sherzod Murodov tomonidan taqdimot o‘tkazildi. Savol-javoblar bo‘lib o‘tdi hamda fikr-mulohazalar almashildi. Muloqotning to‘rtinchi bosqichi yaqin kunlarda o‘tkazilishi belgilab olindi. Shuningdek, joriy haftadan boshlab kafedra mudiri B.Sultonov tashabbusi bilan Belorusiya milliy texnika universiteti huzuridagi "Menejment va personalni rivojlantirish bo‘yicha kadrlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash tarmoqlararo instituti"da tashkil etilgan "Tashkilotlarda innovatsion faoliyatni boshqarish" xalqaro malaka oshirish dasturida kafedraning 10 nafar professor-o‘qituvchi va yosh tadqiqotchilari, doktorantlar malakasini oshirish jarayonlari boshlandi. Ta’til vaqtida onlayn tashkil etilgan mazkur malaka oshirish dasturi ikki haftga mo‘ljallangan bo‘lib, bunda har bir kun bo‘yicha dars jadvalida dolzarb mavzular qamrab olingan. Malaka oshirish kursi yakunida ishtirokchilar suhbat orqali imtihon topshiradi va muvaffaqiyatli tamomlagan ishtirokchilar xalqaro QR kodli malaka oshirish sertifikatiga ega bo‘lishadi. Kafedraning xalqaro hamkorlik masalalari bo‘yicha faoliyati samarali davom ettiriladi.
Universitet matbuot xizmati