25.02.2023
Xalqaro hamkorlik doirasidagi muzokara
“Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti “Elektrotexnologiya va elektr uskunalar ekspluatatsiyasi” kafedrasi mudiri dotsent Berdishev Abduraxim Suleymanovich Qozog‘iston Respublikasi K.I.Satpaev nomidagi “Qozoq milliy texnika universiteti” bilan xalqaro hamkorlik a’loqalarini tiklash, o‘zaro qo‘shma ta’lim va akademik mobillikni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha muzokaralar olib bordi.
Shu bilan bir qatorda universitetning “Energetika va mashinasozlik” fakulteti 3 kurs talabalari uchun “Elektr uskunalar ekspluatatsiyasi” fanidan laboratoriya mashg‘ulotlarini o‘tkazdi.
Universitet matbuot xizmati