Xalqaro hamkorlik davr talabi
Joriy yilning 14 mart kuni UNESCO hamda Yevropa ittifoqi tomonidan moliyalashtiriladigan “O‘zbekiston qishloq hududlarida ish bilan ta’minlash uchun ko‘nikmalarni rivojlantirish” loyihasi doirasida universitetning “Professional ta’lim va jismoniy madaniyat” kafedrasi mudiri, professor Z.K.Ismailova boshchiligida kafedra professor-o‘qituvchilari p.f.f.d, dotsent R.Fayzullaev, p.f.f.d, dotsent D.Mustafoevalar hamda Angren shaxar 2-son kasb-hunar maktabi direktori A.Mamataliev ishtirokida rasmiy muloqot bo‘lib o‘tdi.
Muloqotda Spiridon Kleitsas – loyixa bosh mutaxassisi, Mariko Fujicawa – loyixa mutaxassisi va boshqa mas’ullar ishtirok etdilar.
Uchrashuvdan asosiy maqsad – Respublikamizning QQR, Surxondaryo viloyati, Buxoro viloyati va Xorazm viloyatlarining barcha hududlaridagi qishloq va suv xo‘jaligiga ixtismoslashtirilgan professional ta’lim muassasalarida DDS, Malaka talablari va ular asosida ta’lim dasturlari, o‘quv rejalarini takomillashtirish, moddiy texnika bazasini yangi zamoanaviy texnikalar bilan boyitish, uslubiy ta’minotni yangilash, bitiruvchilarini bandligini ta’minlash bo‘yicha ta’lim muassasasi bandlikka ko‘maklashuvchi Markaz va oliy ta’lim muassasasi hamkorligini yanada rivojlantirish deb belgilangan.
Hamkorlik uchrashuvi jarayonida TIQXMMI-MTU tomonidan universitetga biriktirilgan 3 ta viloyatlar kesimida (Andijon, Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlar) qishloq va suv xo‘jaligi sohasiga mutaxassis tayyorlovchi texnikumlarda olib borilayotgan ishlar mazmuni, mohiyati, me’yoriy xujjatlarning hozirgi kundagi talab darajasiga muvofiqligi, moddiy texnik bazasini sharoiti kabi masalalarda universitet ishchi guruhi tomonidan ularga berilayotgan amaliy faoliyatlar haqida fikrlar yuritildi.
Institut professor-o‘qituvchilari tomonidan UNESCO hamda Yevropa ittifoqi tomonidan moliyalashtiriladigan “O‘zbekiston qishloq hududlarida ish bilan ta’minlash uchun ko‘nikmalarni rivojlantirish” loyihasi doirasida olib borishi rejalashtirilgan bir qancha savollar va loyiha ishtirokchilari tomonidan esa universitet tomonidan avval ham bu sohada olib borilgan loyihalar natijalari bo‘yicha savol javoblar bo‘ldi va natijada ikki tomonlama o‘zaro uzviy hamkorlikni yanada kuchaytirishni kelishib oldilar.