TIQXMMI yangiliklari

img
17.06.2024

Xalqaro grant doirasida rektorimiz rahbarligida universitet delegatsiyasining Janubiy Koreyaga tashrifi

     Joriy  yilning 10-iyun sanasida “Toshkent irrigatsiya  va qishloq xo’jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy Tadqiqot Universitetining bir gurux jamoasi Janubiy Koreyaning Keymyung Kollej Universitetiga tashrif buyurishdi.      Rasmiy yig’ilishda  Keimyung Kollej Universiteti prezidenti Seungho-Park, universitet vakillari Prof. Min Kyung-Kim, Prof.Sangseog-Lee,  Prof. Sungha-Lee, Prof. Kidong-Shin, Prof. Donggeun-Oh va universitetimiz  rektori prof. Mirzayev Bahodir Suyunovich, “Umumtexnika fanlari” kafedrasi mudiri Prof. Xasan Turkmenov, “Elektrotexnika va mexatronika” kafedrasi mudiri, Prof., dotsent Rustam Baratov,  “Ingliz tili” kafedrasi dotsenti Go’zal Eshchanova, “ Avtomatlashtirish va boshqarish” kafedrasi dotsenti Aziz Nigmatov qatnashishdi.     

       Uchrashuvdan ko’zlangan maqsad hamkorlikda Mexatronika texnikumini faoliyatini yo’lga qo’yish, xalqaro standartlarga muvofiq ishchi dastur va na’munaviy dasturlar yaratish, Koreyalik mutaxasislar bilan hamkorlikda darsliklar chop etish, texnikum talabalariga koreys tilini o’rgatish va Keymung Kollej Universitetida talabalar almashinuvi kabi dasturlar doirasida tajriba oshirishga qaratilgan. 

     Ushbu xalqaro tadbir doirasida Keymyung Kollej Universiteti prezidenti Seungho-Park, “Toshkent irrigatsiya  va qishloq xo’jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy Tadqiqot Universiteti rektori prof. Mirzayev Bahodir Suyunovichlar tomonidan qo'lga kiritilgan 5 yillik xalqaro grant doirasida amalga oshirislishi ko’zda tutilgan bir qator hamkorlikdagi vazifalarga to’xtalishdi.

Shuningdek, universitetimiz va Keymyung Kollej Universiteti tomonidan Koreya Oliy Ta’lim Vazirligiga xamkorlikda topshirilgan “2024 - Oliy ta'lim va kadrlar tayyorlashda xalqaro hamkorlik bo'yicha yetakchi universitet dasturi’ doirasida xalqaro granti “Education competency enhancement project Mechatronics Technicum at “TIIAME” National Research University” tog’risidagi eng ohirgi ma’lumotlar bo’yicha   prof., Ph.D. Sang Seog Leening taqdimoti ham tinglandi. Asosiy maqsad universitetimiz qoshida yaqin kelajakda barpo etilishi kutilgan xalqaro  “Mexatronika” texnikumini tashkil qilish orqali Keymyung Kollej Universitetining ilg’or tajribalarini qo’llash bo’yicha  mamlakatimizda dolzarb xisoblangan  mexatronika va robotexnika yonalishlarida mutaxasis-kadrlarni tayyorlash, ularga qo’shma diplom taqdim etish orqali xorijiy ko’nikmalarni rivojlantirishdan iboratdir.  

Shuningdek, universitetimizda “Digital Educational Innovation Service Centre”  barpo etilishi nazarda tutilgan markazning extiyojlari o’rganilib, markaz raqamlashtirilgan ta’lim va innovatsiya bo’yicha turli xizmatlarni yo’lga qo’yishi, yani, IT ko’nikmalarni takomillashtirish, Start up va tadbirkorlik go’yalarini rivojlantirish, Gender tenglik masalalari,ayyollarni ish bilan ta’minlash, malaka oshirish kurslarini tashkil etish orqali ijtimoyiy qatlamni qo’llab quvvatlashga qaratilgan. Tadbirda qizg’in muzokaralar, savol va javoblar o’rin olib, har ikkala tomonga yuklatilgan vazifa va topshiriqlar atroflicha muxokama qilindi.

Shuningdek, ushbu tashrif davomida Keymyung Kollej Universiteti fakultetlari, kafedralari faoliyati, kutubxona va laboratoriyalarda yaratilgan sharoitlar, talabalarning o’quv jarayonidagi faoliyatlari haqida ham atroflicha ma’lumotlar berildi.

Ishonamizki, bu kabi xalqaro grantlar doirasida zarur jixozlar bilan ta’minlanadigan laboratoriyalarda mamlakatimiz talabalari xorijiy va milliy professor-o’qituvchilardan yetarli bilim va ko’nikmlarni egallab, yaqin kelajakda jamiyat ravnaqi va mexatronika soxasini davlatimizdagi taraqqiyotiga o’zlarining munosib xissalarini qo’shish orqali universiteimiz nufuzini yanada yuksalishiga erishishadi.