TIQXMMI yangiliklari

img
26.04.2024

Xalqaro anjumanda ilmiy-amaliy ishtirok

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Ta'lim, Fan va Innovatsiyalar Vazirligi, O'zbekiston davlat jahon tillari universitetida Moskva davlat lingvistika universiteti, Al Forobiy nomidagi Qozoq milliy universiteti, Indiana universiteti, Istanbul universiteti, Ankara universiteti, Muxtor Avezov nomidagi janubiy Qozog‘iston universiteti, M.V.Lomonosov nomidagi Moskva davlat universitetlari bilan hamkorlikda tashkil etilgan

"RAQAMLASHTIRISH DAVRIDA O‘ZBEK TILINI DAVLAT TILI VA XORIJIY TIL SIFATIDA O‘QITISH MASALALARI: MAHALLIY VA XORIJIY TAJRIBA” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjumanda "TIQXMMI" Milliy tadqiqot universiteti "Ingliz tili" kafedrasi o'qituvchilari Nargiza Yuldashova va Mohidil Ziyodulloyevalar ham o'zlaring mavzu doirasidagi ilmiy ishlari bilan amaliy qatnashishdi. Bu turdagi xalqaro anjumanlarda qatnashish professor-o'qituvchilarga ilmiy faoliyat bilan shug'ullanish jarayonidagi natijalarini amaliy tadbiq qilishga, xalqlararo bilim va ko'nikmalarni ulashishga, madaniyaararo muloqotni shakllantirishga yordam beradi.

"Ingliz tili" kafedrasi o'qituvchilari N.Yuldashova va M.Ziyodulloyevalar axboroti

"TIQXMMI" MTU matbuot xizmati