TIQXMMI yangiliklari

img
05.11.2022

Xalqaro akkreditatsiya: halqaro standartlar va mezonlar orqali ta’lim sifatini tashqi baxolash

Ma’lumki, joriy yilning 31 oktyabrdan 5 noyabr kunlari Taʼlim sifatini nazorati qilish davlat inspektsiyasi va Jahon banki tomonidan moliyalashtirilgan “Shbeeman Consulting” kompaniyasining xalqaro ekspertlari ishtirokida “Oliy Ta’limni Modernizatsiya qilish” xalqaro loyixasi doirasida “Samarqand davlat chet tillar instituti”ni tashqi baholashdan oʼtkazish ishlari bo’yicha Xalqaro Akkreditatsiyadan o’tkazish jarayoni boshlandi. Tadbirda Shbeeman Consulting” kompaniyasining yetuk xorijiy eksperti Achim Hopbach (Higher Education consultant, Austria) (https://www.ugc.edu.hk/eng/qac/quality/auditors/) va komissiya raisi Go’zal Eshchanova (“TIQXMMI” Milliy tadqiqot Universiteti) raxbarligidagi turli OTM vakillaridan iborat ekspert komissiya a’zolari o’z  faoliyatlarini Samarqandda olib borishdi.

Qayd etish lozim, Vazirlar Mahkamasining “Davlat taʼlim muassasalari hamda nodavlat taʼlim tashkilotlarini attestatsiyadan va davlat akkreditatsiyasidan oʻtkazish tartibini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi 470-sonli qaroriga asosan tashkil etilayotgan jarayonlardan koʻzlangan asosiy maqsad, taʼlim tashkilotlarida kadrlar tayyorlash mazmuni, darajasi va sifatining davlat taʼlim standartlari hamda davlat taʼlim talablariga hamda oʻquv dasturlariga muvofiqligini aniqlashdan iborat. Akkreditatsiya davomida tashqi ekspert komissiyasi institut  rahbariyati hamda tegishli boʼlim boshliqlari va mutaxassislari bilan suhbatlarni intervyular shaklida oʼtkazib, institutning “O’z-o’zini baxolash” (Self-Evaluation Report) hisobotida yoritilgan maʼlumotlarga aniqlik kiritishdi.

Tashkil qilingan ochiq muloqotlar davomida rektor va prorektorlarning, qolaversa, fakultet dekanlarining talabalar bilan ijtimoiy tarmoqlar orqali murojaatlarining o’rganilishi, talabalrning axborot resurs markazlaridan unumli foydalanishlari bo’yicha ham fikr almashildi. Jarayonda dars sifatini taʼminlashda professor-oʼqituvchilarning institut  ichki va tashqi sifatinini ta’minlashga qaratilgan ilg’or yondashuvlari, taʼlim sifatini nazorat qilishda talabalar ishtirokining samarali mexanizmlari bo’yicha ham ma’lumotlar atroflicha muxokalma qilindi. Shuningdek, muloqot jarayonida KPI (Key Performance Indicators) tizimi va institut ma’muriyati tomonidan olib borilayotgan boshqaruv siyosatiga atroflicha  baho berildi.

Shuningdek, mazkur jarayonlarda oʻquv dasturlarining mehnat bozori talablari va taʼlim natijalari asosida ishlab chiqilganligi, ularni taʼlim jarayoniga joriy etilishi uchun zarur boʻlgan sharoitlarning yaratilganligi hamda talabalar va ish beruvchilarning taʼlim sifatini taʼminlash jarayonlaridagi ishtirokiga alohida eʼtibor qaratilmoqda.

Ekspertlar fakultetlarda tashkil etilgan maxsus oʼquv xonalar, markazlar  va auditoriyalar faoliyati bilan ham tanishib, u yerda yaratilgan oʼziga xoslik va metodologik qulayliklarni koʼzdan kechirdilar. Shuningdek, bu jarayonda  ekspertlar xalqaro hamkorlik va ilmiy jarayonga masʼul institut xodimlari bilan muloqot olib borib, kun tartibidagi  masalalar boyicha o’z ishlarini faollik bilan olib borishdi. Institutda sifatli taʼlim olish va berish uchun yaratilgan sharoitlar, oliy taʼlim muassasasining oʻzi joylashgan hududning rivojiga qoʻshayotgan hissasi, tadqiqotchilarga ilmiy, ijodiy hamda loyihalash ishlarini olib borishlari uchun yaratilgan sharoitlar, doktorant va mustaqil izlanuvchilar faoliyati samaradorligi bilan bogʻliq qator yoʻnalishlar boʻyicha amalga oshirilgan ishlar holati oʻrganilmoqda.

      Ta’kidlash lozim oliy ta’lim muassasalarida tashqi baholash jarayonlari oʻtkazishdan ko‘zlangan asosiy maqsad oliy taʼlim muassasalariga berilgan institutsional mustaqillik taʼlim sifatini yaxshilanishiga qoʻshayotgan xisasiga baho berish, oliygohlardagi  taʼlim sifatini taʼminlashdagi masʼuliyat va egalik hissini shakllantirishga amaliy yordam koʻrsatish, taʼlim tashkilotlarida taʼlim sifatini taʼminlash tizimining xalqaro standartlarini samarali mexanizmlarini takomillashtirishdan iborat.