TIQXMMI yangiliklari

img
07.04.2022

WSED 2022 da yosh olimlarimiz ishtiroki

Shu yilning 5-8-aprel kunlari Avstriyaning Vels shahrida Jahon Barqaror Energiya kunlari(World Sustainable Energy Days 2022 (WSED 2022)) o‘tmoqda. Ushbu kunlarda Energy Efficiency Policy Conference, European Pellet Conference, Young Energy Researchers Conference, Industrial Energy Efficiency Conference kabi bir qancha ilmiy-amaliy konferentsiyalar o‘tishi rejalashtirilgan. E’tiborli jihati, ushbu konferentsiyalarda shaxsan Vels shahri meri va Yevropa energetika Kengashi rahbari bevosita ma’ruza bilan ishtirok etmoqda.

Quvonarlisi, Young Energy Researchers Conference da maruza bilan ishtirok etgan universitetimiz yosh olimlari Dilshod Qodirov, Obid Tursunov va Sirojiddin Xushiyevlar 50 ga yaqin mamlakatdan eng yaxshi ishtirok uchun konferentsiya tashkilotchilari tomonidan taqdirlanishdi. Tashrif davomida WSED 2022 kongressi bosh direktori Christiane Egger xonimga universitetimiz nomidan konferentsiyaga taklif uchun minnatdorchilik bildirildi hamda minnatdorchilik ramzi sifatida esdalik sovgalari topshirildi. Shuningdek, mana shunday yuqori darajadagi konferentsiyalarni universitetda tashkil etish boyicha hamkorlik qilish taklifi bildirildi va bu taklif Christiane Egger xonim tomonidan iliq kutib olindi.

Universitetimiz yosh olimlarining WSED 2022 dagi ishtiroki davom etmoqda.

Elektr ta’minoti va qayta tiklanuvchan energiya manbalari” kafedrasi

tayanch doktoranti N.Abdug‘aniyev axboroti

Universitet matbuot xizmati