“World Aral Region Charity” Butunjahon Orolbo’yi xayriya fondining universitetimiz bilan hamkorligi
Joriy yilning 3 Aprel sansida “TIQXMMI” Milliy Tadqiqot Universitetiting “ Suv xo’jaligini tashkil qilish va boshqarish” fakulteti Konferensiyalar zalida WARC ( World Aral Region Charity) Butunjahon Orolbo’yi xayriya fondi loyihasi natijalariga bag’ishlangan “ Engineering for Environment” nomli Forum tashkil qilindi. Forumda WARC halqaro loyixasi Presidenti Robert Alfred Willard, loyixa asoschisi,vitse-prezident Shermatova Gulsara, “TIQXMMI” Milliy Tadqiqot Universitetining Halqaro Hamkorlik bo’yicha prorektori Professor Abduxakim Salohiddinov, Halqaro Munisabatlar Bo’limi boshlig’i PhD Sherzod Rakhmonov,” Ingliz tili” kafedrasi dotsenti v.b. Go’zal Eshchanova, universitet talabalari va professor o’qituvchilari, turli tashkilotlardan tashrif buyurgan mexmonlar ishtirok etishdi.
Forumni “TIQXMMI” Milliy Tadqiqot Universitetining Halqaro Hamkorlik bo’yicha prorektori Professor Abduxakim Salohiddinov ochib berib, o’z nutqlarida loyixa doiradidagi global muammolar yechimida hamjixatlik va halqarotajriba almashish kelajakda yaxshi samara berishlariga ishonch bildirdilar.
Shuningdek forumda loyixa ishtirokchilari Zaki Alattar (Environmental Engineer, Columbia University), Konsul a’zosi Azamat Tolipov (Association of Polar Early Career Scientists), universitetimiz magistr talabalri Sirojiddin Djalilov va Xumora Turg’unovalarnig loyixa natijalari bo’yicha taqdimotlari tinglandi hamda muhandislikda ekologik ta’lim bilan uzviy bo’g’lanishini haqida ochiq muloqot shaklida bo’lib o’tdi. Ma’lumki, muhandislikning jamiyatdagi hamiyati va uni yoshlar orasida targ’ib qilinishi maqsadida WARC fondi O’zbekiston Ekologik partiyasi bilan hamkorlikda muhandislik ta’limi bo’yicha loyihani amalga oshirmoqda.
Taqdimotlar davomida STEM (Science, Technology, Engineering, Mathematics - Ilm-fan, texnologiya, muhandislik, matematika) jahonda ham iqtisodiy, ham ekologik rivojlanishga eng katta hissa qo’shadigan sohalardan biri sihatida e’tirof etildi. Loyiha guruhi a’zolari bu forumni o’tkazishi orqali boshqa yosh volontyor va muhandislarni O’zbekistonning chekka hududlariga chiqishga ruhlantirish hamda barqaror ekologik hayotni targ’ib qilishni maqsad qilganligi bois forumda turli qizg’in savol va javoblar kichik guruxlarda tashkil qilinib, amaliy trening orqali yoshlarning loyixa doirasidagi muammolarga qanday yechimlar taklif eta olishlariboyicha fikr va takliflari tinglandi.
Bu kabi halqaro loyixalarda universitetimiz yoshlarining faol ishtiroki va samarali natijalari oldimizga bu kabi faoliyatlarimizni yanada mustaxkamlanishi kerakligiga urg’u beradi.