E'lonlar

17.06.2023

“WEFCA II-Xalqaro yozgi maktab – 2023” tashkil etilmoqda

“WEFCA II-Xalqaro yozgi maktab – 2023”

Mavzu: Sugʻorma dehqonchilik uchun suv-energiya-oziq-ovqat-atrof-muhit bogʻliqligining barqarorligini baholash: Markaziy Osiyo uchun fanlararo yondashuvlar (WEFCA)

Maqsad: Yozgi maktab ko'plab barqaror rivojlanish maqsadlariga erishish va Markaziy Osiyo va undan tashqarida inklyuziv rivojlanishni qo'llab-quvvatlash uchun suv-energiya-oziq-ovqat-atrof-muhit (WEFE) nexus yondashuvini qabul qilish bo'yicha ishtirokchilarning kasbiy salohiyatini kuchaytirishga qaratilgan.

Yozgi maktab ishtirokchilari: doktorantlar.

Ishtirokchi davlatlar:  Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston, O‘zbekiston, Afg‘oniston va Pokiston hamda Germaniyadagi universitetlar va ilmiy-tadqiqot muassasalaridan qiziqqan nomzodlar ariza topshirishlari tavsiya etiladi.

Kurs tili:  INGLIZ TILI.

Ishtirokchilarning maksimal soni:  25 kishi.

Yozgi maktab xalqaro qishloq xo'jaligi tadqiqotlari markazlari (CGIAR) konsortsiumining NEXUS Gains tashabbusi tomonidan moliyalashtiriladi.

Ariza topshirishning oxirgi muddati: - 2023yil 30 yun.

Muvaffaqiyatli ariza beruvchilarga yo’l xaqqi, viza toʻlovlari (agar kerak boʻlsa), oziq-ovqat va turar joyni oʻz ichiga olgan yo’lovlar amalga oshiriladi.

Arizani yuborish: Qiziqqan tadqiqotchilar oʻz arizalarini elektron pochta orqali (1 dona pdf-fayl, maksimal hajmi 3 MB) S.Kenjabaev@cgiar.org   manziliga yuborish mumkin.

O’tkazilish joyi:  2023 yil 21-25 avgust “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti.  Qori-Niyoziy ko'chasi, 39, Toshkent, Oʻzbekiston.

WEFCA II-xalqaro yozgi maktabi haqida quyida batafsil tanishish mumkin: https://online.pubhtml5.com/bctyv/bnun/