Vitautas Magnus universiteti delegatsiyasining mamlakatimizga ilk tashrifi
Vitautas Magnus universiteti delegatsiyasining mamlakatimizga birinchi tashrifi "Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʼjaligini mexnanizatsiyalash muhandislari instituti" milliy tadqiqot universitetidan boshlangani ahamiyatlidir.Mehmonni universitetimiz rektori, professor Mirzaev Bahodir Suyunovich kutib oldi. Delegatsiya aʼzosi sifatida Litva Qishloq xoʼjaligi akademiyasining kantsleri, professori Аstrida Mitseykene, Аgronomiya fakulьteti dekani, dotsent Аida Аdamavichene, Qishloq xoʼjaligi akademiyasining xalqaro hamkorlik aloqalari boʼyicha koordinatori Yekaterina Makrikienelar tashrif buyurishdi.
Tashrifdan maqsad oʼquv-pedagogik, ilmiy-innovatsion va taʼlim jarayonida oʼzaro akademik aloqalar va yangi hamkorlik yoʼnalishlri borasida munosabatlarni mustahkamlash va rivojlantirishdir. Ular muzokaralar chogʼida harakatdagi hamkorlikni mustahkamlash, yangi hamkorlikning yangi yoʼnalishlari yuzasidan shartnoma imzolash, Erasmus+ dasturi boʼyicha birgalikdagi hamkorlik, qishloq xoʼjaligining agronomiya va oʼrmon xoʼjaligi sohalari, shuningdek, informatika, gumanitar va siyosiy fanlar doirasida ikki tomonlama diplom berish, pedagoglar malakasini oshirish imkoniyatlari va ingliz tilida taʼlim berish sifatini oshirish, virtual kurslarni tashkil etish kabi ilmiy va taʼlimiy masalalar yuzasidan oʼzaro fikr almashishdi. Uchrashuv jarayonida universitetimizning Xalqaro hamkorlik boʼyicha prorektori, professor Аbdulhakim Salohiddinov va Ilmiy ishlar va innovatsiyalar boʼyicha prorektor, professor Tohir Sultonovlar ham natijador hamkorlik istiqbollari borasida oʼz mulohazalarini bildirib oʼtishdi.
"TIQXMMI" Milliy tadqiqot universiteti matbuot xizmati