Vazirlik vakili shod boʻldi
2022 yil 3 - aprel kuni Oʻzbekiston respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligidan universitet TTJ larga biriktirilgan vakil kelib yoshlar uchun yaratilgan sharoit va maʼnaviy muhitni oʻrgandi. U 3 - TTJ da 5 ta muhim tashabbus doirasida talaba yoshlar tomonidan amalga oshirilayotgan tadbir va mashgʻulotlar boʻlayotganining guvohi boʻldi.
Tarbiyachi pedagoglardan Azizaxon Hayitova bugunning oʻzida toʻrtta tadbir oʻtkazilgani borasida soʻz aytib vazirlik vakilining koʻnglini chogʻ qilishdi.
TTJlar direktori Ismoil Buxorov vazirlik vakiliga hamrohlik qilib talabalar uchun yaratilgan maishiy xizmat ko‘rsatish obyektlaridan sartaroshxona, bichuv tikuv sexi, kutubxonani ko‘rsatdi.
Kutubxonada faol talabalar kitob mutolaasiga shoʻngʻib ketishgan, bir guruh talabalar esa Sohibqiron Amir Temur tavalludi yuzasidan maʼrifiy tadbirga tayyorgarlik koʻrishayotgandi. Muhimi, yotoqxonada talabalarning tashabbusi qizgʻin va jonli jarayonga bois boʻlayotganini taʼkidlash oʻrinlidir.
Universitet matbuot xizmati