TIQXMMI yangiliklari

img
31.01.2022

Vayoming universiteti Global hamkorlik bo’yicha prorektori Isadora Helfgott boshchiligidagi olimlar TIQXMMI MTU BuxTRBIga tashrif buyurdi.

Amerika Qo’shma Shtatlarining Vayoming universiteti Global hamkorlik bo’yicha prorektori Isadora Helfgott boshchiligidagi olimlar – Xab nomidagi Atrof-muhit va tabiiy resurslar maktabi rahbari John Koprowski, Geologiya va geofizika kafedrasi rahbari Mark Clementz, xalqaro hamkorlik bo’yicha mas’ul xodim Dilnoza Kasilovalardan iborat jamoasi TIQXMMI MTU Buxoro tabiiy resurslarni boshqarish institutiga tashrif buyurdi.



TIQXMMI MTU Buxoro tabiiy resurslarni boshqarish instituti rektori Prof, texnika fanlari doktori SH. J. Imomov mehmonlar bilan muloqot chog’ida ikki tomonlama hamkorlik o’rnatish, professor-o’qituvchilar va talabalar almashinuvini yo’lga qo’yish, akademik aloqalarni yaxshilash, birgalikda ilmiy tadqiqotlar olib borish yuzasidan fikr mulohazalarini bildirdi.

TIQXMMI MTU BuxTRBI Matbuot xizmati