Vatanni sharaflash tuyg‘usi
Joriy yilning 13-yanvar kuni “Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti "B" oʻquv binodagi, 9- faollar zalida soat 12:00 da "Gidrotexnika qurilishi" fakulteti dekan muovini A.I.Azimov, tyutorlari X.R.Saidova va D.S.Xursandova yoshlar ittifoqi hamkorligida fakultetning 1-bosqich talabalari ishtirokida 14-Yanvar – “Vatan himoyachilari kuni” ga bag’ishlab tadbir o’tkazildi. Tadbirga mehmon sifatida ko’p yillar o’zining samarali faoliyati bilan vatanimizga xizmat qilgan, hozirda esa yoshlarga o’z bilimlarini ulashishga bel bog’lagan faxriy inson, Oʻzbekiston Respublikasi mudofaa Vazirligi, faxriylar ishlari boʻyicha kengash raisi, iste'fodagi podpolkovnik I.H.Hudoyberdiev hamda faxriylar kengashi aʼzosi, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan jurnalist, shoir, parodist, faxriylar kengashi aʼzosi, iste'fodagi podpolkovnik A. Obruev taklif qilindi.
Tashrif buyurgan mehmonlar talabalarga vatan himoyasi qanchalar sharafli va mas’uliyatli ekani, shuningdek harbiy bilim yurtlarida o’qishga topshirish va unga belgilangan yosh chegaralari bo’yicha ham o’z ma’lumotlarini berib o’tdilar.
A.Obruev Ona - vatan toʻgrisida she'rlar toʻplamini havola etdi. Bundan ilhomlangan talabalar ham she'rlar toʻplamini va jonli ijroda oʻz ijod namunalari bilan tadbirga oʻzgacha fayz berishdi.
GTQ tyutori X.Saidova axboroti
Universitet matbuot xizmati