Vatanni sevmoqni o‘rgatgan shoir
Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbekiston Milliy kutubxonasida joriy yilning 19-aprel kuni Oʻzbekiston Qahramoni, Oʻzbekiston xalq shoiri Abdulla Oripovning "Abdulla Oripov zamondoshlar xotirasida" xotira kitobi, "Shoirning tugʻilishi" she'riy toʻplami, "E'tirof" bagʻishlovlar hamda rus tilidagi " Veter moego kraya" kitoblari taqdimoti Respublika kitobxonlik haftaligi doirasida boʻlib oʻtdi.
Tadbirda Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi, Oʻzbekiston xalq shoiri Sirojiddin Sayyid boshchiligida bir guruh ijodkorlar jamoasi hamda "TIQXMMI" Milliy tadqiqot universitetining birinchi prorektori Roʻzimurod Choriyev, kafedra professor- oʻqituvchilari, universitet ijodkor va faol talabalari, Abdulla Oripov stipendiantlari hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etishdi.
Ushbu taqdimotda Milliy tadqiqot universitetining birinchi prorektori nutq so'zlar ekan, oliygohda tashkil etilgan Abdulla Oripov muzeyi, talabalarning chop etilgan ijodiy ishlari, kitoblari va galdagi vazifalar haqida o'z fikrlarini bildirdilar. Taqdimot yakunida ta'lim muassasasining kutubxonasi uchun shoir kitoblari sovg'a qilindi.
Barcha ishtirokchilar tadbirdan estalik bo’lishi uchun rasmga tushdilar. Taassurotlar bilan o'rtoqlashgan ijodkorlar: ma'naviyatli yoshlar albatta kitob mutolaa qilishi lozim ekanligiga yana bir karra amin bo'lishdi.
"O'zbek tili va adabiyot" kafedrasi dotsenti NilufaR Yuldasheva axboroti
Universitet matbuot xizmati