TIQXMMI yangiliklari

img
23.05.2022

Vatanga muhabbati ustuvor bo'lgan adib

Аbdulla Oripov o’zbek adabiyotini yangi bosqichga ko’targan noyob iste’dod sohibi edi. Uning yuksak badiiy, teran falsafiy she’rlari xalqimiz ko’nglidan joy olgan. Bugun “Yer resurslarini boshqarish” fakulteti jamoasi,  fakulteti dekani Sh.Narbaev va Yoshlar bilan ishlash bo’yicha dekan muovini H.Eshova yoshlar ittifoqi yetakchisi H.Tojiboev hamda tyutorlarimiz S.Ibragimova, M.Vafoeva  boshchiligida atoqli ijodkorning haykali poyiga gullar qo’yishdi. Аyniqsa, Universitetimizda o'tkazilган 20-21-may kunlariga mo’ljallangan ikki kunlik o’quv seminari  tashrif byurgan Respublikamiz bo'yicha barcha Oliy ta'lim muossasalarni Yoshlar masalalari va ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha birinchi prorektorlari "Yer tesurslarini boshqarish" fakulteti jamoasi va faol talabalarining O'zbekiston qahramoni, buyuk shoir, Davlat madhiyasi asoschisi A.Oripov  haykali poyida tashkil qilingan navbatdagi adabiy-ma'rifiy tadbirining guvohi bo'lishdi. Tadbirni fakultet dekani Sh.Narbayev ochib berdi.

Tadbirda shoirning farzandi Sh.Oripova, Yozuvchilar uyushmasi a'zosi, "Sharq yulduzu" jurnali bosh muharriri Sirojiddin Rayf,  "Yerdan foydalanish" kafedrasi dotsenti A.Babajanov, Oliy matematika kafedrasi dotsenti A.Raxmatillayevlar so'zga chiqishdi, ustoz hayoti va ijodi haqida gapirishdi, o'zlari yozgan she'rlaridan o'qib berishdi, shuningdek,  A.Raxmatillayev shoir qalamiga mansub o'sha mashhur "Birinchi muhabbatim" she'riga bastalangan ashulani xirgoyi qilganida deyarli barcha tadbir ishtirokchilari unga jo'r bo'lishdi.  Bir guruh talabalar ham ustoz ijodidan namunalar o'qishdi. Ayniqsa,  "Yer resurslarini boshqarish" fakulteti 208-guruh talabasi S.G'ulomov, 213-guruh talabasi S.Qo'ldoshev, 106-guruh talabasi N.Nazarovalar A.Oripovga bag'ishlab yozgan she'rlaridan barcha ta'sirlandi, Sh.Oripova ko'zlariga yosh olib tingladi....

.... Hech qaysi insonning umri poyonsiz emas,

Qancha buyuklarni ko'rmadi bashar.

Lekin xalqi uchun qayg'urgan inson,

Millat tarixida abadiy yashar!

 

 Xiyobonda ko'rib sizning siymongiz,

 Dillarga tuydik biz har bir so'zingiz.

Siz sevgan jonajon O'zbekistonni,

 Jonidan sevadi Nafisa qizingiz!....

Tadbirda Termiz davlat universiteti 1-prorektori O.Shofiyev ham so'zga chiqib, o'z taassurotlari haqida to'lqinlanib gapirdi.

Tadbir yakunida O'zbekiston Respublikasi oliy va o'rta ta'lim vazirining ma'naviy va ma'rifiy ishlar samaradorligini oshirish, "Davlat tili to'g'risida"gi Qonuni hujjatlariga rioya etilishini ta'minlash masalalari bo'yicha maslahatchisi O.R.Jamoliddinova so'zga chiqib, universitetda o'tkazilgan ikki kunlik o'quv seminarining katta tayyorgarlik bilan tashkil qilinganligi, universitetga biriktirilgan buyuk shoir A.Oripov haykali poyida 2 yildan buyon yuqori saviyada o'tkazib kelinayotgan tadbirlar uchun universitet rahbariyatiga, xususan, yoshlar masalalari bo'yicha va ma'naviy-ma'rifiy prorektori R.Choriyevga alohida minnatdorchiligini bildirdi.