22.02.2023
Vatanga baxshida manzuma
Vatan haqida she’r yozmagan shoir, to‘lqinlanib so‘zlamagan notiq, vatan manzaalaridan ilhomlanib rasm chizmagan musavvir bo‘lmasa kerak. Vatan tuyg‘usi muqaddas tuyg‘u. Uni bilgan va sevgan inson chinakam vatanparvardir.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023 yil 20 yanvardagi yig‘ilish bayoniga muvofiq, joriy yilning 21 fevral kuni soat 15.00 da "Turkiston" san’at saroyida «Vatan manzumasi» nomli adabiy-ma’rifiy kecha bo‘lib o‘tdi.
Unda taniqli madaniyat namoyandalari, san’atkorlar, estrada xonandalari, teatr, kino va ijodiy jamoalar qatnashdi. Ushbu adabiy-ma’rifiy kechada Vatanni madh etuvchi ijod namunalari yangradi. Biz iliq va qaynoq taassurotlar bilan qaytib keldik.
Universitet matbuot xizmati