TIQXMMI yangiliklari

img
17.05.2022

Vatandoshlar bilan navbatdagi uchrashuv

“Elektr ta’minoti va qayta tiklanuvchan energiya manbalari” kafedrada professorlari Xalilov Umidjon Boymamatovich va Yusupov Maksudbek Sultanmuratovich ishtirokida iqtidorli talabalar bilan davra suhbati tashkil etildi. Ular dunyoning TOP-150 talikka kiruvchi  Belgiya Qirolligi Antverpen universitetida PhD dissertatsiyasini yoqlab, keyinchalik ilmiy tadqiqotchi va professor lavozimlarida faoliyat yuritishgan.

Ular o‘zlarining boy tajribalari bilan o‘rtoqlashdilar. Shuningdek, maqsadlari sari intilishlari, xorijga borishda ko‘proq e’tibor berish lozim bo‘lgan xarakter va xislatlarni ustida ishlash haqida batafsil ma’lumot berishdi. Iqtidorli talabalarda mehmonlar haqida ko‘plab savollar bilan murojaat qilishdi hamda javob olishdi. Uchrashuv do‘stona va iliq davra suhbati shaklida bo‘lib o‘tdi.

        Universitet matbuot xizmati