TIQXMMI yangiliklari

img
06.10.2022

Vatan uchun jon berganlar

5 oktyabr kuni YeRB-114 guruh talabalari bilan shahrimizning Yunusobod tumanida joylashgan Shahidlar maydoniga va qatog‘on qurbonlari xotirasi davlat muzeyiga sayohat uyushtirildi.

“Shahidlar xotirasi” yodgorlik majmui O‘zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti marhum Islom Karimov tashabbusi va rahbarligida  2000 - yilda bunyod etilgan. Maydonda joylashgan muzey o‘sha davrlarda ro‘y bergan voqealardan darak berib turadi.

Ushbu sayohatdan talabalar Vatan ozodligi, el-yurt tinchligi qadr qimmatini tushunishdi. O‘tganlar ruhiga duolar qilib qaytishdi.            

YeRB fakulteti tyutori D. Egamova axboroti

 Universitet matbuot xizmati