Vatan sog‘inchida yashagan inson
“Energetika” fakulteti Joriy yilning 14-fevral sanasida dekan o‘rinbosari Ismoil Buxorov boshchiligida tyutor Botir Abdulayev va iqtidorli faol ijodkor 1 va 2 - kurs talabalari bilan birgalikda Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 541-yilligini keng nishonlash uchun “Adiblar xiyoboni”ga tashrif buyurildi. U yerda o‘rnatilgan viqor bilan turgan Zahiriddin Muhammad Bobur haykali yonida g‘azalxonlik kechasi bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda so‘zga chiqqan dekan o‘rinbosari Ismoil Buxorov Zahiriddin Muhammad Bobur hayoti bosib o‘tgan yo‘li, bir umr vatan sog‘inchida yashab ijod qilgan. O‘zidan tarixga muhrlangan asarlar qoldirgani haqida talaba yoshlarga so‘zlab berildi. Shundan so‘ng iqtidorli va faol talabalar tomonidan tayyorlangan g‘azallar, she’rlar va jonli tarzda kuylangan kuy - qo‘shiqlar kelgan barcha mehmonlarni dilini xushnud etdi.
"Energetika" fakulteti tyutori B.Abdullayev axboroti
Universitet matbuot xizmati