TIQXMMI yangiliklari

img
14.01.2024

“Vatan himoyachilari tarixi” mavzusida davra suhbati

Ma’lumki, Mustaqilligimizning ilk yillaridanoq mamlakatimiz mudofaasini kuchaytirish masalasi davlatimiz siyosatining eng muhim ustuvor yo‘nalishlaridan biri deb belgilandi. Yurtboshimizning Mudofaa ishlari vazirligini tashkil etish to‘g‘risidagi Farmoni bilan bu boradagi ishlarga tamal toshi qo‘yildi. Keyinchalik Mudofaa ishlari vazirligiga aylantirildi.

2024- yilning 13-yanar kuni "Toshkent irrigatsiya va qishloq xo'jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti" Milliy tadqiqotuniversiteti 4- talabalar turar joyida istiqomat qiladigan "Yer resurslari va kadastr" fakulteti talaba qizlari bilan “Vatan himoyachilari tarixi” mavzusida davra suhbati bo’lib o’tdi. Ushbu yig’ilishda Yer resurslarini boshqarish" fakulteti Xotin-qizlar masalalari bo'yicha dekan o'rinbosari Z.Hafizova,   "Yer resurslarini boshqarish" fakulteti yoshlar bilan ishlash bo'yicha dekan muovini H.Eshova va universitet psixologi M.K.Muhammedovalar qatnashdilar.

 Z.Xafizova talabalarga O’bekiston respublikasi Mustaqillikka erishganidan so’ng 1992 yil 14-yanvar kuni esa mustaqil davlatimiz tarixida yana bir muhim tadbirga qo‘l urulganligi ,  Respublika Oliy Kengashining “O‘zbekiston Respublikasi hududida joylashgan harbiy qismlar va harbiy o‘quv muassasalari to‘g‘risida”gi qarori bilan mamlakatimiz hududidagi barcha harbiy tuzilmalar mustaqil O‘zbekiston tasarrufiga o‘tkazilganligi va Har yili 14-yanvar Vatan himoyachilari kuni nishohlanib kelayotganligi to’g’risida ma’lumot berib o’tdi.

Suhbat davomida  davomida talabalar o'zlari qiziqtirgan savollarga o‘qituvchilar hamda psixolog tomonidan javoblar olishdi.

Yig’ilish  qiziqarli va mazmunli tarzda o’tdi.

"ERK" fakulteti Xotin-qizlar masalalari bo'yicha dekan maslahatchisi Z.Xafizova axboroti