Vaqtdan yutding – baxtdan yutding
Joriy yilning 24 yanvar kuni “TIQXMMI” MTU Xor jamoasi a'zolari bilan universitet psixologi va Xor jamoasi rahbari M.K.Muhammedova va GTQ fakulteti tyutori A.Xaydarovlar hamkorligida "Muvaffaqiyatga erishishda vaqtning roli" mavzusida tadbir tashkil etildi. Tadbirda talabalarga vaqt qadri, vaqtga zamonaviy olimlar tomonidan berilgan nisbat va Qur'onda keltirilgan faktlar orqali ma'lumotlar berib o'tildi. Tadbir davomida talabalarga kechagi kunimiz qo'limizdan ketgan fursat ekani, ayni damdagi vaqtga biz hokim ekanimiz, ertangi kunda biz bor yo'qligimiz noma'lum ekani, shu tufayli ayni damdagi ya'ni hozirgi vaqtimizdan unumli foydalanishimiz zarurligi to'g'risida qiziqarli ma'lumotlar berib o'tildi. Tadbirda barcha ishtirokchilar faol qatnashib, o'zlari uchun foydali ma'lumotlarga ega bo'lish bilan birgalikda, vaqtning g'animat ekani, vaqtdan o'z vaqtida unumli foydalanish zarur ekani to'g'risida tushunchalar hosil qilishdi. Tadbirdan ta'sirlangan talaba yoshlarimizdan o'z vaqtlaridan unumli foydalangan holda, o'z ustilarida ishlab, kelajakda Vatanimiz uchun xizmat qiladigan yetuk mutaxassislar bo'lishlarini va jamiyatimiz rivojiga rivoj qo'shadigan ota-onalar bo'lishlarini umid qilib qolamiz.
Universitet psixologi M.K. Muhammedova axboroti
“TIQXMMI” MTU matbuot xizmati