TIQXMMI yangiliklari

img
02.04.2024

Vaqt qadriga yetaylik   

Bugun “Iqtisodiyot” fakulteti 1- bosqich talabalari bilan ularning darsdan bo‘sh vaqtlarini sermazmun va unumli o‘tkazish maqsadida  universitetimiz hududiga tez-tez tashrif buyurib turadigan  ko‘chma kitob   do‘koniga keldik. Bu yerda juda ko‘p o‘zbek va xorij yozuvchilarining turli janrlardagi kitoblarini topishimiz mumkin. Talaba – yoshlari o‘zlarini qiziqtirgan kitoblardan harib qilishdi. Men ham turk yozuvchisi Sheniz Yujelning “Go‘daklikdan yigitlikka qadar” deb nomlangan kitobini sotib oldim.

“Bolalarimizni qanday tarbiyalaymiz? Aslida bolalarning yomoni bo‘lmaydi, faqat uquvsiz va yomon tarbiyachi ota-onalargina mavjud. Ular har tomonlama to‘kis va baxtiyor farzand baxtli oilada, go‘zal muhitda kamol topishini anglasalar edi, o‘zlariga chetdan nazar tashlagan bo‘lishardi” deydi muallif.   Qo‘limdagi ushbu kitob farzand tarbiyasida go‘daklikdan o‘smirlikka qadar bola bilan qanday munosabat o‘rnatish borasidagi muhim taktika va uslublarni o‘z ichiga olgani bilan meni o‘ziga jalb qildi. Kelajagimiz qo‘lida bo‘lgan mana shu farzandlarimiz bizdan ko‘ra kuchli, aqlli va albatta baxtli bo‘lishlari kerak.  

                                       “Iqtisodiyot” fakulteti   tyutori  D.Egamova axboroti

Universitet matbuot xizmati