TIQXMMI yangiliklari

img
04.10.2023

Vaqt hayot demakdir

Joriy yilning 3 oktabr kuni “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo'jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti psixologi M.K.Muhammedova tomonidan  2-Talabalar turar joyida Ekologiya va huquq, Qishloq xo'jaligini mexanizatsiyalash  fakulteti 1- kurs talaba qizlari hamda 2-Talabalar turar joyi tarbiyachi pedagogi T.Xudoyberdivalar bilan  “Vaqt g'animat, o'tsa nadomat” shiori ostida talaba qizlardagi deviant xulq atvorni oldini olish va profilaktika qilishga qaratilgan tadbir tashkil etildi. Tadbir avvalida Alloh insonga umrni bekorga bermagani,oltindan qimmat vaqtimizni  huda-behuda ishlar, kayfu safo va bekorchilik, dangasalik va tamballik, telefon o'yinlari-yu, internetdagi kazino o'yinlari bilan zoye qilish uchun emas, balki, xayrli amallar, foydali ishlar, elu yurtga manfaat keltiradigan hamda oxirat uchun zaxira bo'ladigan buyuk ishlarni amalga oshirish uchun berilgani haqida ma'lumotlar berib o'tildi. Tadbir davomida qiziqarli trening mashg'ulotlari o'tkazildi. Tadbirda barcha talaba qizlar faol qatnashishdi. Ayniqsa, 2-Talabalar turar joyi tarbiyachi pedagogi T.Xudoyberdiva o'z fikr va mulohazalari bilan faol qatnashib yig'ilish ishtirokchilarida yaxshi taassurotlar uyg'ota oldi.   

Universitet psixologi M.K. Muhammedova axboroti

TIQXMMI MTU matbuot xizmati