Ustozlarni sharaflab
Ustozlar va murabbiylar eʼzozlangan yurt istiqbolli va iqbollikdir. Chunki unda jamiyatning qalbu qiyofatini namoyon etuvchi taʼlim - tarbiyaga hisobot bor. Bugun umr mazmunini yosh avlodning kamolotiga bagʼishlagan oʼqituvchi va murabbiylarning kasbiy bayramlari bilan tabriklash butun respublikamiz boʼylab davom etayotgan pallada ularning xursandchiligiga xursandlik qoʼshish ayni muddao.
Muhtaram prezidentimiznig "Najot taʼlimda" degan fikrlariga ilova qilib ustoz murabbiylarni esa najotkorlar deyish mumkin. Ularni bayramlari bilan qutlab sayru sayohat tashkil etildi. Oʼqituvchi va murabbiylar Samarqanddagi 5 yulduzli mehmonxonalarga joylashtirildi. Bugun, 29-sentyabr kuni mamlakatimizda faoliyat yuritayotgan 700 nafar pedagog Samarqand shahrida tantanali ravishda kutib olindi. Ustozlar 1-oktyabr - Oʼqituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan oʼtkaziladigan davlat tadbirida ishtirok etadi.
Oz fursatdan soʼng Samarqand shahridagi “Buyuk ipak yoʼli” xalqaro turizm markazida umumxalq bayramining asosiy tadbirlari boshlanadi. Аyni damda Samarqand xalqaro turistik markazidagi 5 yulduzli mehmonxonalarga joylashganlaridan ular benihoya shod boʼlishdi. Ikki kun mobaynida oʼqituvchilarni «Boqiy Samarqand» majmuasiga hamda shaharning boshqa diqqatga sazovor joylariga sayohatlar kutmoqda. Tadbirda respublikamizning eng ilgʼor 700 nafardan ziyod pedagoglari qatnashadi. Ular tarkibida bizning universitetdan "Mehnat shuhrati" ordeni sohibi professor Аziz Usmonov va iqtidorli olima Nodira Nuralievalar ham bor. Kasbiy bayramimiz hammamizga muborak boʼlsin!
Universitet matbuot xizmati