Ustozlarni qutlaymiz!
Davlatimiz rahbarining O’qituvchi va murabbiylarning sha’ni va nufuzini yuqori ko’tarishlari inson qadri aziz va muqaddasligini e’tirof etish g’oyasi bilan chambarchas bog’liq. Shunday ekan, fidoyi hamkasblarimizni qutlashda hikmat va hurmat bor.
Ish faoliyati davomida 170 dan ortiq ilmiy ishlar chop etgan, jumladan 26 ta o‘quv-uslubiy qo‘llanma va ko‘rsatmalar, 1 ta qishloq xo‘jalik kollejlari talabalari uchun darslik, 4 ta Oliy ta’lim talabalari uchun o‘quv qo‘llanma, 2 ta ishlanmani joriy etish uchun tavsiyanoma, 7 ta patent, 130 dan ortiq ilmiy maqolalar va 3 ta monografiya muallifi Zayniddin Sharipovni kasbiy bayramlari bilan muborakbod etamiz.
U 1979 - yilda Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash injenerlari institutining “Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash” fakultetini tamomlagan. Mehnat faoliyatini 1979 yilda Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash injenerlari institutida “Mehnatning muhofaza qilish” tarmoqlarora ilmiy-tadqiqot laboratoriyasida (ONIL “OT”) kichik ilmiy xodim lavozimidan boshlagan, 1982-1984 yillarda “Mashina-traktor parkidan foydalanish” (EMTP) kafedrasida kunduzgi bo‘lim aspiranti bo‘lgan. 1985-1988 yillarda Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash injenerlari instituti ilmiy laboratoriyasida katta ilmiy xodim, ilmiy laboratoriya mudiri lavozimida ishlagan, 1989-1994 yillarda Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash injenerlari instituti “Mashinalar puxtaligi va ta’mirlash” kafedrasida assistent, dotsent bo‘lib ishlagan.
1995-2000 yillarda “Ikkiqoramet” Davlat unitar korxonasida avtotransport syexi boshlig‘i, 2001-2002 yillarda shu korxonaning bosh muhandisi, 2003-2006 yillarda Ikkiqoramet” Davlat unitar korxonasida direktori lavozimlarida ishlagan. 2007-2009 yillarda “Ikkirangmet” Ochiq aksionerlar jamiyatida yetakchi mutaxassis. 2009-2010 yillarda O‘zbekiston qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash va elektrlashtirish ilmiy-tadqiqot institutining katta ilmiy xodimi.
2010-2012 yillarda Toshkent irrigatsiya va melioratsiya instituti “Gidromeliorativ ishlarni mexanizatsiyalash” kafedrasi dotsenti, 2012-2019 yillarda TIQXMMI “Gidromeliorativ ishlarni mexanizatsiyalash” kafedrasi mudiri, 2019-2021 yillarda shu kafedraning dotsenti.
2021 yildan to hozirga kunga qadar Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti Milliy tadqiqot universiteti “Muhandislik tizimlarini boshqarish” kafedrasi dotsenti lavozimida ishlab kelmoqda.
Zayniddin Sharipovich, “O’qituvchi ba murabbiylar kuni” bilan sizni Universitetimiz jamoasi nomidan chin dildan muborakbod etamiz. Barcha yaqinlaringiz baxtiga doimo omon bo’ling.
Universitet matbuot xizmati