TIQXMMI yangiliklari

img
09.05.2022

Ustozlarni qadrlash insoniy fazilat

Bugungi kunda yurtimizda, barcha el-yurtimiz Xotira maydonlarini ziyorat qilib,  urushda halok bo‘lgan vatandoshlarimizni va shu bilan birga faxriy ustozlarimizni yod etmoqda. Muhtaram faxriy ustozlarimiz bilan samimiy uchrashuvlar o‘tkazilib, ularga mukofotlar, esdalik sovg‘alari topshirilmoqda.

Hammamiz yaxshi tushunamiz, keksalarimiz, mo‘tabar otaxon va onaxonlarimiz va ustozlarimizni rozi qilsak, butun xalqimiz, jamiyatimiz bizdan rozi bo‘ladi. Ularning tabarruk duolari – el-yurtimizning duosi, desak, har tomonlama to‘g‘ri bo‘ladi.

Shu munosabat bilan, "Fizika va kimyo" kafedrasi professor o‘qituvchilari kafedra faxriylari, qadrli ustozlarning xonadonlariga tashrif buyurib bayram bilan tabriklashdi va ularni duolarini olishdi.

Albatta, mana shu qutlug‘ bayram kunlarida, yam-yashil tabiat bag‘rida, musaffo osmon ostida turib, har birimiz tinch va ozod hayotning qadrini, ahamiyatini yanada chuqur his etishimiz zarur.

 

“Fizika va kimyo” kafedrasi katta o‘qituvchisi Z.F. Beknazarova axboroti

Universitet matbuot xizmati