TIQXMMI yangiliklari

img
25.01.2022

Ustozlar xotirasiga ehtirom

Mamlakatimizda kechayotgan keng koʻlamli yangilanishlar yoshlar zimmasiga ulkan masʼuliyat yuklaydi.   2022 yil 20 yanvar soat 14.00da Universitet birinchi prorektorining 2022yil 11 yanvar 1/f sonli farmoyishiga asosan “Yer resurslarni boshqarish” fakultetida Talabalarning taʼtil davrida vaqtini mazmunli oʻtkazish va ularnin ilmiy faoliyatlarini yanada qoʻllab-quvvatlash maqsadida  fakultetda koʻp yillar samarali faoliyat yuritgan iqtisod fanlari nomzodi, dotsent Abdurazzaqov Abdulla Toshpoʻlatovich xotirasiga bagʻishlab “Yer tuzishni loyihalash” fanidan onlayn fan olimpiadasi oʻtkazildi.



Ikki bosqichda  keskin kechgan onlayn olimpiadada fakultetdan 20 ta talaba qatnashib 3ta gʻolib aniqlandi. 

1-oʻrin Yer resurslarini boshqarish fakuteti 4-bosqich 5gurux talabasi Abbozov Sardor

2-oʻrin Yer resurslaridan foydalanish va boshqarish 1-bosqich magistranti Norimboyev Xumoyun

3- oʻrin Yer resurslarini boshqarish fakuteti 3-bosqich 6-gurux talabasi Yuldashev Islomiddin

Olimpiada yakunida fakultet dekani fikr bildirib ustozimiz Abdurazzaqov Abdulla Toshpoʻlatovich hotirasiga bagʻishlab “Yer tuzishni loyihalash” fanidan oʻtkazilgan onlayn fan Olimpiadasini ahamiyati, uni oʻtgan ustozlar xotirasiga extirom, yoshlarning ustozlarga munosib avlod boʻlib, ularning ishlarini davomchilari boʻlib  yetishishlari uchun qilinayotgan fakultetning dolzarb va masʼuliyatli masalalaridan biri ekanligi taʼkidlandi.

Iqtidorli talabalar ayni jarayonda  taʼlim muassasasi rahbariyati va talabalar oʻrtasida asosiy “drayver”ga aylanishi kerakligi aytildi. Chunki yuksak bilim va dunyoqarashga ega, kreativ fikrlaydigan, har jabhada faol, tashabbuskor, vatanparvar talabalarni tarbiyalash, bu borada ularni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash va professional kadrlar boʻlib yetishishi uchun barcha imkoniyatlarni ishga solish ustuvor maqsadimizdir. Ishtirokchilarga minnatdorchilik bildirilib, gʻoliblar moddiy va maʼnaviy ragʻbatlantirildi.



YERB iqtidorli talabalar bilan ishlash boʻyicha masʼul S.Sharipov axboroti

Universitet matbuot xizmati