TIQXMMI yangiliklari

img
30.09.2023

Ustozlar hurmati - ajdodlarimiz merosi

Jahonda bo‘lmasa muallim agar,

Hayot ham bo‘lmasdi go‘zal bu qadar

Ustoz -  so‘zlarni eshitganda qalblar junbushga kelib, ko‘ngillar yorishib ketadi. Zero, esimizni tanigan ilk onlarimizdan boshlab aynan ana shunday zotlar bizning qo‘limizdan tutib kelmoqda. Hech birimiz birinchi bo‘lib o‘qish-yozishni o‘rgatgan ustozimizni yodimizdan chiqarmaganmiz, desam, o‘ylaymanki, mubolag‘a bo‘lmaydi.

Professional ta’lim kafedrasi nuroniy ustozlaridan biri Musaev Renat Sultanovich bizlar uchun xam xuddi shunday  ustozlar qatorida qadrlanadilar. Ustozlarni ziyorat qilish har birimizning burchimizdir. Bu tushunchalar insoniyat yaratilishidan hozirgi kunimizga qadar o‘z ahamiyatini yo‘qotmagan, balki qiyomatgacha ham yo‘qotmaydi. Ustoz – bu Boriy taolodir. U Odam alayhissalomni yaratdi va O‘z fazli karami ila unga barcha narsalarning ismlarini ta’lim berdi. Zamonlar o‘tishi davomida turli ko‘rinishlarda O‘z ilm xazinasidan insonlarni nasibador qildi, payg‘ambarlar yuborib, ular orqali O‘zining haq yo‘liga chorladi. Olimlar esa payg‘ambarlarning merosxo‘rlaridir.