TIQXMMI yangiliklari

img
13.04.2024

Ustoz-shogird uchrashuvi

2024-yil 13-aprel kuni “Elektr ta‘minoti va qayta tiklanuvchan energiya manbalari” kafedrasi professori Siddikov Ilxomjon Xakimovich o‘zining “Ustoz-shogird” tizimi bo‘yicha biriktirilgan talabalari bilan navbatdagi uchrashuvini o‘tkazdi. Talabalar bilan Ilmiy maqola yozish hamda Xorijiy jurnallarda chop etish bo‘yicha suhbatlashdilar. Maqolaning yozilishidan  avval  mavzuni tanlash juda muhimli, dolzarblik darajasiga, aktual bo'lishiga va o'zining muhimligiga ega bo'lishi kerak ekanli qayd etildi. Umuman olganda, xorijiy jurnallarda ilmiy maqola chop etishning muvaffaqiyatli bo'lishi uchun yaxshi tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha tavsiyalar berildi. Talabalar qiziqtirgan savollariga javoblar olishdi.

Universitet matbuot xizmati