“Ustoz-shogird”-taʼlimdagi go‘zal anʼana
Yangi O‘zbekistonning bugungi kunda bo‘lajak mutaxassislarni faqat ilm bilan emas balki madaniy hordiq chiqarishlari uchun ulkan tadbirlar tashkil etilmoqda. Xususan bugun 2024 yil 14 fevral kuni “Elektrotexnologiya va elektr uskunalar ekspluatatsiyasi” kafedrasi dotsenti N.A Nuraliyeva “Ustoz-shogird” tizimi ostida o‘ziga biriktirilgan talabalarni “Adiblar xiyoboni”ga olib bordi. U yerda talabalar bugungi sana ostida tug‘ilgan Zahiriddin Muhammad Bobur buyuk shoir, mohir sarkarda timsolida yaratilgan haykal poyiga borib uni yod etdilar. Talabalar ushbu tadbir yuzasidan qiziqarli maʼlumotlar olib qimmatli vaqtlari bekor ketmasligi uchun maʼnaviyat va maʼrifatga hamda ilmga alohida eʼtibor berishlari kerakligini, buyuk inson olim va olimalar chiqishiga bel bog‘lashlarini o‘z hissalarini qo‘shishga ahd qildilar.