“Ustoz-shogird” anʼanasi davom etadi
Bugungi kunda yoshlarda nazariy bilim, amaliy va kasbiy koʼnikmalarni shakllantirish, ilm fanga boʼlgan qiziqishni uygʼotish, ularga milliy va umuminsoniy qadriyatlarni singdirish, har tomonlama yetuk mutaxassis qilib tayyorlashda faqat ilm-fan emas balki madaniy tadbirlar ham muhim rol oʼynamoqda. Shu munosabat bilan “Elektrotexnologiya va elektr uskunalar ekspluatatsiyasi” kafedrasi katta oʼqituvchisi N.M. Markayev “Ustoz-shogird” tizimi asosida oʼziga biriktirilgan talabalarni “Adiblar xiyoboni”ga olib bordi. U yerda talabalar soʻz mulkining sultoni barcha zamonlar va barcha makonlar mutafakkiri sifatida dunyo xalqlari tafakkuri rivojida favqulodda oʻrin tutgan Alisher Navoiy timsolida yaratilgan haykal poyiga borib uni yod etdilar. Talabalar ushbu tadbir yuzasidan qiziqarli maʼlumotlar olib qimmatli vaqtlari bekor ketmasligi uchun maʼnaviyat va maʼrifatga hamda ilmga alohida eʼtibor berishlari kerakligini, buyuk insonlar va olimalar yetishib chiqishida oʻz hissalarini qoʻshishga ahd qildilar.