Ustoz-shogird an'anasi bardavom mavzu
Birinchi bosqich talabalarini ilmiy faoliyatga jalb qilish maqsadida guruh tyutori Abdullayev Botir tashabbusi bilan "TJICHAB" yo'nalishi talabalari "Qishloq va suv xo’jaligi energiya ta’minoti" fakulteti izlanuvchan, iqtidorli talabalaridan tarkib topgan "Autonomous" jamoasi bilan uchrashishdi.
Bu uchrashuvda jamoa rahbari "Texnologik jarayonlar ishlab chiqarishni avtomatlashtirish va boshqarish" kafedrasi katta o'qituvchisi Nig'matov Azizjon Mahkamovich jamoa haqida, turli xil tanlovlar haqida tushuntirishlar berib o'tdi. Amaliyot mobaynida talabalar o'zlariga kerakli xulosalarni olishdi. Ustozga shogird tushish istagidagi talabalarimiz qaroridan shodlandik. Ilmiy salohiyati yuksak va yaratuvchan, izlanuvchan yoshlar jamiyat taraqqiyoti uchun doimo kerak.
"Qishloq va suv xo’jaligi energiya ta’minoti" fakulteti tyutori Abdullayev B.
Universitet matbuot xizmati