20.01.2024
Ustoz-shogird an'anasi
Joriy yilning 19 yanvar kuni «Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti» Milliy tadqiqot universiteti «Gidrotexnika qurilishi» fakulteti dekan maslahatchisi F.Yunusova boshchiligida "Ustoz shogird" mavzusida fakultetning ayol-professor o'qituvchilari bilan talaba yoshlar uchrashuvi bo'lib o'tdi.
Tadbirda o'qituvchilar talabalarga mehnat faoliyatida erishgan yutuqlari haqida gapirib berdi. Shuningdek, talaba qizlarning shaxsiy rivojlanishi, oldiga qo'ygan maqsadlariga yetishishi bo'yicha tavsiyalar va ko'rsatmalar berildi.
"GTQ" fakulteti dekan maslahatchisi F.Yunusova axboroti
Universitet matbuot xizmati