Ustoz otadek aziz
Bugungi kunda faqat yuksak bilimli, zamonaviy, mustaqil fikrlaydigan, intellektual rivojlangan va amaliy kasb-hunarga ega bo‘lgan kishilargina buyuk kelajakni ta'minlashi mumkin. O‘zgalarga ilm o‘rgatish, ma'rifat ziyosini tarqatish, nihoyatda savobli amaldur. Bunday mas'uliyatli vazifaga mutasaddi bo‘lgan insonlarning darajasi ham buyukdir. Darhaqiqat, kishida ilm o‘z-o‘zidan paydo bo‘lib qolmaydi. Albatta buning uchun ustoz zarurdir. Ilm va uni talab qilishning fazilati naqadar ulug‘ bo‘lsa, ilm o‘rgatish, ya’ni ustozlik kilishining fazilati undan buyukdir. “Ekologiya va huquq” fakulteti Xotin - qizlar kengashi tomonidan 18 yanvar kuni 2-Talabalar turar joyida yashovchi qizlar bilan “Ustoz- shogird qadriyatlri” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.
Tadbirda so‘zga chiqqan "Gumanitar fanlar" kafedrasi o‘qituvchilari B.Mamadaminova, X.Botirovalar xalqimizda “Ustoz – otangdek ulug‘” degan naql bor. Zero, farzandning komil inson bo‘lib voyaga yetishida ota-onasining tarbiyasi nechog‘lik ahamiyatli bo‘lgan bo‘lsa, Unga ta'lim berib, hayotda o‘z o‘rnini topishida ustozlarning xizmatlari ham shunchalik beqiyosdir. Ustozlar ota-onalarimiz kabi bizning o‘sib kamolga yetishimiz uchun butun umrini, bor bilim va tafakkurini baxshida etishadi. Agar yoshlar hayotda o‘z o‘rnini topib halqiga yashab turgan jamiyatiga foydasi tegsa nur ustiga nur - hamma xursand va mamnun bo‘ladi. Shu bois halqimiz azal-azaldan ustozlar mehnatini benihoyat qadrlashlari haqida to‘xtaldilar. Zero, kelajak avlodni barkamol va yetuk ma'rifatli bo‘lib yetishishida ularning xizmatlari kattadir.
Universitet matbuot xizmati