TIQXMMI yangiliklari

img
25.10.2022

Uorvik Universiteti (Birlashgan Qirollik) va “TIQXMMI” Milliy Tadqiqot Universiteti hamkorligi

       Joriy yilning 24-oktabr sanasida Britaniya Kengashi va O’zbekistonning Innovatsion Rivojlanish Vazirligi tomonidan O’zbekistonga taklif qilingan bir qator Birlashgan Qirollik oliy ta’lim Muassasalari vakillaridan biri, Uorvik universitetining bisnessni rivojlantirish menejeri, Jonathan French univeritetimizga tashrif buyurdi. Xorijlik xamkorimizni universitetimiz rektori prof. Mirzayev Bahodir Suyunovich qabul qilib, uchrashuvda ikki tomonlama amalga oshirish mumkin bo’lgan masalalar atroflicha muxokama qilindi.

             Ma’lumki, Buyuk Britaniyaning Uorvik universiteti doimiy ravishda Buyuk Britaniya oliy ta’lim muassasalarining top 10 ligi tarkibiga kiruvchi, dunyo universitetlarining top-1000 taligida 64-o‘rinni egallab keladi. Ushbu universitetda o‘qishni, ilmiy tadqiqot olib borishni ko‘pchilik orzu qiladi.Shu sabab, ohirgi yillarda mamlakatimizning turli oliy ta’lim muassasalari professor-o’qituvchilarining yozgi va kuzgi mavsumda Uorvik Universitetida malaka oshirishga bo’lgan qiziqishlari ortib bormoqda.

         Bundan tashqari, Uorvik universiteti (Amaliy Tilshunolik) tarkibida 30 ga yaqin fakultet, 50 dan ortiq ilmiy markaz faoliyat yuritadi. Asosan, ijtimoiy, ilmiy-texnik fanlar, tibbiyot va san’at yo‘nalishida mutaxassislar tayyorlanadi. Uorvikda 150 dan ortiq turli millatga mansub 22,5 mingdan ortiq talaba tahsil oladi. Ularning 20 foizi chet elliklardir. Shuningdek, mazkur universitet bitiruvchilari eng ko‘p maosh oladigan jahon universitetlari reytingida 6-o‘rinni egallab keladi.

       Mazkur universitet bir qator offline va online kurslarni taklif qilib, bunday dasturlar  malaka oshiruvchilarni talab va extiyojlaridan kelib chiqqan xolda yaratilishini, ularni kasbiy rivojlanishlari uchun barcha qulay shart-sharoitlarga ega ekanligi, shuningdek, xorijiy til ta’limida innovatsion yondashuvlar va ilg’or metodologiyani qo’llash orqali samarali mexanizmlarni qo’llashga  qaratilgandir. Uchrashuvda universitetizda bu o’quv yilidan yangi tashkil qilingan “Filologiya va tillarni o’qitish” bakalavr ta’lim yonalishida xorijlik o’qituvchilarni jalb qilish masalalari ham atroflicha muxokama qilindi.

           Umid qilamizki, ikki tomonlama OTMlar o’rtasidagi munosabatlarni  mustaxkamlashga qaratilgan Memorandumni imzolash orqali stajirovka kurslarini tashkil qilish, nafaqat xorijiy til o’qituvchilari uchun balki, texnik yonalishdagi turli mutaxassislik  fani o’qituvchilari bilan birgalikda talabalar uchun ham imkoniyatlarni kengaytirishga kelishildi.   

                           Universitet matbuot xizmati