TIQXMMI yangiliklari

img
19.03.2022

Universitetizmiz rektorining Sirtqi bo’lim 4 kurs talabalari bilan uchrashuvi

17 mart 2022 yil Universitet rektori B. Mirzayev bahorgi 8 semester uchun tashrif buyurgan Sirtqi bo’lim 4 kurs talabalari bilan uchrashuv bo’lib o’tdi. Uchrashuvda rektorimiz so’zga chiqib Oliy ta’limda bo’layotgan o’zgarishlar, Sirtqi ta’lim talabalariga berilayotgan qulayliklar to’g’risida ma’lumot berdi. Sirtqi bo’limidan qatnashgan 400 nafarga yaqin talabalardan bir necha o’zlarini qiziqtirgan va oldida turgan vazifalarni bajarilishi to’g’risida savollar hamda foydali bo’lgan takliflar berildi. Rektorimiz berilgan savollarga to’liq javob berdilar. Shuningdek rektorimiz tomonidan talabalarimiz ma’naviy hordiq chiqarish uchun Muqimiy musiqali dramma teatriga bepul borib tomosha qilish taklifini berdi. Talabalarimiz ushbu taklifga minnatdorchilik bildirdilar.