Universitetimizning 2-kurs talabalari uchun maxsus maqsadli namunaviy dastur va sillabuslar
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 19-maydagi “O‘zbekistonda chet tillarni o‘rganishni sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarish faoliyatini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-5117-sonli qarori qabul qilinganligi barchamizga ma’lumdir”. Ushbu qarorda belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida “TIQXMMI” Milliy tadqiqotlar universitetida joriy yilning 11-mart sanasida davra suxbati tashkil etilib, unda “O‘quv-uslubiy” bo’lim boshlig’I va “Ingliz tili” kafedrasi mudiri, “Suv ho’jaligini tashkil etish va boshqarish” fakulteti, “Ingliz tili” kafedrasining professor-o‘qituvchilari ishtirok etishdi. Suhbatni “O‘quv-uslubiy” bo’lim boshlig’I t.f.d.Xodjaev Dadaxon va “Ingliz tili” kafedrasi mudiri Fayzullo Begovlar kirish so‘zi bilan ochib berishdi. Bu rahbarlar o‘z nutqlarida bakalavriat talabalariga ingliz tilini nafaqat birinchi kursda, balki ikkinchi kursda ham o‘rgatish muhimligini bir qator davlatimiz rahbarininig xorijiy tillarni o’qitishni yanada takomillashtirish boyicha qarorlarida belgilab o’tilganligini ta’kidladilar. Britaniya Kengashining xalqaro loyihasi doirasida yaratilgan va O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan tasdiqlangan.
Yangi ESP (Maxsus maqsadlarda ingliz tili) o‘quv dasturi sabab texnika oliy o‘quv yurtlari o‘zlarining shu kabi o‘quv dasturlarini ishlab chiqish imkoniyatini qo’lga kiritib, bu bilan bitiruvchilarning mehnat bozori extiyoj va talablariga javob berish, soxaga doir ingliz tilini mukammal o’qitish orqali jaxon talablariga mos mutaxassislarni tayyorlashda xorijiy tilni soxa bn bog'lab o'qitish orqali ESP dasturlarni takomillashtirishga qaratilgandir.
Aytish joizki, 2-kurs talabalari uchun yangi dasturni universitetda o‘qitish yillar davomida orttirilgan tajribasidan kelib chiqqan xolda yondashayotgan quyidagi “Ingliz tili” kafedrasining Maqsuda Azizova, Marg‘uba Xudaybergenova, Go‘zal Eschanova, Baxtigul Isaqulova, Ulug'bek Nullaev, Luiza Babaqulova va Sarvinoz Ergasheva kabi malakali o‘qituvchilari tomonidan yaratilgan. Ushbu o'qituvchilar quyidagi fakultetlar kesimida taqvim rejalarni va qo’shimcha materiallarni ishlab chiqish uchun mas'uldirlar:
1." English for Land Resources Management" -Azizova Maksuda
2. "English for Mechanization of Hydromeliorative works" -Khudaybergenova Marguba
3." English for Organization and Management of Water Sector" -Guzal Eshchanova
4. "English for Agricultural Mechanization" -Ulugbek Nullaev
5. "English for Hydrotechnical Construction" -Luiza Babakulova
6. "English for Energy Supply of agriculture and Water Sector" - Bakhtigul Isakulova
7. "English for Hydromelioration" -Sarvinoz Ergasheva
An’ananaviy va yangi na’munaviy dasturlar o'rtasidagi farqlar quyidagi misollarda keltirib o’tilgan bo’lib, zamonaviy yondashuv alohida OTMlarda akademik erkinlikdagi mas'uliyatni yanada oshiradi.
An’ananaviy na’munaviy dasturlaridagi yondashuvlar:
-Umumiy ta'lim natijalariga ega bo'lgan barcha ta'lim muassasalari uchun yagona bo’lgan dastur
-Til darajalarining shaffof ta'rifining mavjud emasligi
-O‘quv natijalarini mavzular va baholar bilan bog‘liq emasligi
-Tilga e'tibor asosan grammatika va fonetika qoidalari orqali berilishi
Zamonaviy na’munaviy dasturlaridagi yondashuvlar:
-O‘quv rejasi har bir ta’lim muassasasi tomonidan vazirlik o‘quv rejasi asosida ishlab chiqilib, CEFR darajalariga e’tibor beriladi.
-Ta'lim natijalari, mazmuni va baholash o'rtasidagi mustahkam bog'liqlik talabalarining o'ziga xos ehtiyojlariga asoslangan.
-Ish beruvchilarni o'quv dasturlarini tuzishda fikrlari inobatga olinadi.
O'quv dasturi, shuningdek, talabalarning o'quv jarayonlari haqida xabardorligini oshirish uchun mo'ljallangan:
• Talabalar o‘zlarining til o‘rganish maqsadlarini belgilashlari mumkin bo‘ladi
• Talabalar o‘zlarining zaif tomonlarini aniqlay oladilar va mustaqil ishdlash orqali muvaffaqiyatga erishadilar.
• Talabalarda kasbiy adabiyotlar bilan ishlash qobiliyati shakllanadi.
Avtonom ta'lim - bu o'qituvchining aralashuvisiz amalga oshiriladigan ta'lim bo’lib, talabalar bilim olishlarida mas'uliyatni o'z zimmalariga oladilar.O'qituvchilar birinchi navbatda mustaqil ta'limni rivojlantirishlari lozim bo’lib, bu talabalar o'qituvchi rahbarligida qo’shimcha topshiriqlarni o'zlari o’zlashtirishlaridir.
“TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti matbuot xizmati