TIQXMMI yangiliklari

img
17.11.2023

Universitetimizda  talabalar ishtirokida “Placement Test” tashkil qilinganligi

 Joriy yilning 16-noyabr sanasida “TIQXMMI” Milliy tadqiqot universitetida “Iqtisodiyot” fakulteti talabalariga “Placement Test” tashkil qilindi.    Ushbu tadbir B-korpus, 226-xonada ‘‘Ingliz tili’’ kafedrasi dotsenti  v.b. Go‘zal Eshchanova  va va fakultet tyutori Dilbar Egamova  tomonidan o‘tkazilib, “TIQXMMI” Milliy Tadqiqot Universiteti va Britaniya Kengashi hamkorligida tashkil qilingan ‘‘Kasbiy Rivojlantirish Markazi’’ning fakultet filialida bo‘lib o‘tdi. Fakultet tutori Dilbar Egamovani ushbu tadbirni yuqori saviyada tashkil qilishga katta yordam  berdi.

    Tadbir boshida Go‘zal Eshchanova universitetning yaqin hamkori bo‘lmish Vengiyaning Obuda Universitetida ‘Hungarian Scholarship” (Vengriya Stipendiyasi) xalqaro tanlovi orqali bakalavriatida va magistraturaning turli ta’lim yo‘nalishlarida grant asosida 1 o‘quv yiliga yoki butun kurs davomida tahsil olish imkoniyatlari haqida to‘xtalib o‘tdi va tanlov ishtirokchilarlaridan minimum B2 (IELTS 6) sertifikatiga ega bo‘lish talab etilishini tushuntirib o‘tdi.   

     Xorijiy tilni hozirgi kundagi muhim o‘rniga to‘xtalar ekanmiz, biz talabalarimizni turli xalqaro sertifikatlarga egaliklari, xalqaro imtihonda olgan bali yoki sertifikatining turiga qarab ularni fikrlashlarini va mavqeyini aniqlamaymiz aslida. Til shunday bilim ko‘nikmalari yig‘indisiki, u har doim shakllanib, rivojlantirilib turilmasagina, sertifikatda ko‘rsatilgan daraja yoki balga mos bilimni isbotlashi mumkin.U yoki bu fanni ingliz tilida o‘zlashtirish, ayniqsa, mutaxassislik fanlarini ingliz tilida o‘qitilishida universitetimiz talabalarining faol o‘zlashtirishlari va o‘z fikrlarini ingliz tilida ravon tushuntirishlari juda muhim hisoblanib, bu talabalardan sohaga doir termin va bilimlarni o‘zlashtirishda qo‘shimcha izlanish va muntazam bilim olishda davom etishlarini talab qiladi.

    Tadbirda “Iqtisodiyot” fakultetining 108-guruh talabalari Placement testda faol qatnashishdi, imtihon og‘zaki shaklda tashkil qilindi. Speaking savollari CEFR descriptorlari bo‘yicha turli darajalarda qo‘llanilib,  tadbir qatnashchilariga A2, B1, B2 va C1 darajalardagi savollar berildi. Mazkur tadbirda universitetimiz talabalari xorijiy tilni o‘rganishga bo‘lgan katta qiziqishlarini ifodalab, kelgusida “English for Economics” va “Maths for Economics” metodikalarini qo‘llanilishini istashlarini bildirishdi. Ushbu tadbirdan ko‘zlangan maqsad talabalarni darajalarini aniqlash, nomzodlarning egallagan ko‘nikmalar bo‘yicha kuchli va kuchsiz tomonlariga e’tibor qaratishdan iborat bo‘lib,hozirgi kunda xorijiy til ko‘nikmalarini rivojlantirish   istiqbolli kelajakni yanada mustahkamlashini ta’kidlab o‘tildi.