TIQXMMI yangiliklari

img
25.02.2023

Universitetimizda “Change Academy” loyixasi doirasida xalqaro festival, seminar-treining va davra suxbati

«Insonga eʼtibor va sifatli taʼlim yili»da taʼlim sifatini taʼminlash boʼyicha milliy va xalqaro tajribani oʼrganish maqsadida Britaniya Kengashi Oʼzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi bilan yaqin hamkorlikda universitetlarni samarali boshqarish boʼyicha bir qator strategik muxokamalar turkumini boshladi. Muxokamalar turkumi taʼlim sohasidagi ulkan milliy islohotlarni qoʼllab-quvvatlashga qaratilgan boʼlib, oliy oʼquv yurtlarni samarali boshqarishning asosiy tarkibiy qismlari va institutsional darajada sifatni taʼminlashga zamonaviy yondashuvlarni muhokama qilindi.

Mazkur tashabbus doirasida 2023-yil 24-fevral sanasida «Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʼjaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti» Milliy tadqiqot universitetida «Oliy oʼquv yurtlarida samarali boshqaruv madaniyatini rivojlantirish» mavzusida davra suhbati boʼlib oʼtdi. Davra suxbatini universitetimiz rektori prof.Baxodir Mirzaev ochib berib, Buyuk Britaniya va O’zbekiston tajribasi uyg’unligi,  Universitetimizda “Change Academy” loyixasi doirasida o’tkazilgan xalqaro festival va seminar-treninglarning maqsadi, boshqaruvda samaradorlikka erishish, samarali ta’lim jarayonida ichki va tashqi sifat samaradorligini ta’minlash kabi masalalarda universitetda olib borilayotgan bir qator natijalar va istiqboldagi rejalar, universitetimizning QS xalqaro reytingi va bir qator xalqaro reytinglardagi natijalari va intilishlari haqidato’xtalib, jumladan, Britaniya Kengashi ko’magida universitetimizda 2020 yil tashkil qilingan “Kasbiy Rivojlantirish Markazi” va uning faoliyati,markazga Britaniya Kengashi tomonidan taqdim etilgan 2000 yaqin xorijiy adabiyotlar, shuningdek, universitetimiz 11-binosida o’zaro xamkorlik asosida tashkil qilingan Britaniya Kengashining “IELTS”  va 10 ga yaqin turli xalqaro imtixonlarining tashkil etilganligi universititemiz talabalari va o’qituvchilari uchun xorijiy til bilimlarini rivojlantirish, xalqaro sertifikatllarga ega bo’lish, professor-o’qituvchilarga o’z fanlarini ingliz tilida olib borishlaridagi imtiyozlar va bitiruvchilarimizning ingliz tilini mukammal egallashlari orqali jaxon mexnat bozorida raqobatbardosh kadrlar sifatida shakllanishlarida ulkan imkoniyatlar eshigini ochishini ta’kidlab o’tdilar.

Ma’lumi, oliy oʼquv yurtlarda sifatli boshqarish madaniyatining uzluksiz rivojlanishi uchun ekotizimni qanday yaratish va jarayonning har bir ishtirokchisi oliy oʼquv yurtlarning oʼzida va yaxlit taʼlim tizimi va mehnat bozori doirasida samarali boshqaruvga qanday hissa qoʼshishi muhokamaning diqqat markazida boʼladi. Boshqaruv masʼuliyat va vazifa masalalari bilan bogʼliqdir; oliy taʼlim sharoitida bu taʼlim muassasasining missiyasi va uning maqsad va vazifalarini amalga oshirish, oliy oʼquv yurtining barqaror rivojlanishi va standartlar va meʼyoriy hujjatlarga toʼliq muvofiqligi uchun javobgarlikni nazarda tutadi.Muhokamada Oʼzbekistondagi oliy taʼlim sohasi rahbarlari va oliy oʼquv yurtlari rektorlari, taʼlimni isloh qilish boʼyicha loyiha menejerlari, oliy oʼquv yurtlarining biznes hamkorlari, Oʼzbekistonda faoliyat yurituvchi xalqaro tashkilotlar vakillari ishtirok etishdi.

Davra suxbatidagi asosiy maʼruzachilar quyidagilarni tashkil qildi: Komiljon Karimov, Oʼzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi vazirining birinchi oʼrinbosari; prof.Baxodir Mirzaev, «Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʼjaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti» Milliy tadqiqot universiteti rektori; Deniz Voddingxem, Oʼzbekistondagi Britaniya Kengashining direktori; Аlison Jons, «Advance HE» tashkilotining rahbari; Professor Eymon Molloy, Oksford universiteti Penbruk kolleji; Xilari Gebi-Аbabio, Milliy talabalar ittifoqining sobiq prezidenti va talabalar gubernatori; Xikmat Аbduraxmonov, «Team» universiteti hammuassisi va bosh direktori; Oybek Doʼsmuxamedov, Oʼzbekiston davlat sanʼat va madaniyat instituti; va Nilufar Qarshiboeva, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Samarqand filiali 3-bosqich talabasi. Doktor Jo Chaffer, «Advance HE» tashkilotining maslahatchisi muxokama fasilitatori sifatida ishtirok etishdi.

Ma’lumki, oldingi muhokamalarda Buyuk Britaniyada oliy taʼlim boshqaruvining asosiy tamoyillari yoritilgan va boshqaruvning tipik yondashuvlari, boshqaruv organlari, ularning tuzilishi va aʼzoligi, milliy tartibga solish tizimi, tartibga solish kodekslari hamda universitetlar va ularni boshqaradiganlarga taʼsir etuvchi muhim omillar koʼrib chiqilgan. Shuningdek, boshqaruv va ijroiya kengashlarining oʼzaro hamkorligi masalalari atroflicha muhokama qilingan, oliy oʼquv yurtlari boshqaruv kengashlari raislari, rektorlari va ijrochi direktorlari nuqtai nazaridan Buyuk Britaniya tajribasi taqdim etilgan edi. 22-23 fevral sanalarida loyixa doirasidagi seminar-treyning universitetimizning 5-binosida “Yer resurslarini boshqarish” fakultetida tashkil qilindi. Ushbu seminar-treningda 30 OTM vakillaridan “hange Academy” ishtirokchilari  qatnashishdi.

Loyixa doirasidagi xalqaro festival 24 fevral sanasida boshlandi.Ushbu festivalni universitetimiz rektori prof.B.S. Mirzayev va Britaniya Kengashi direktori o’rinbosari Jamila Gulaymovalar ochib berishdi.Festivalda Oʼzbekistonning barcha viloyatlaridagi universitetlarning 30 ta jamoasi oʼz loyihalarini taqdim etish va boshqa universitetlar bilan hamkorlikning yangi imkoniyatlarini muhokama qilish, biznes hamkorlar topish va Buyuk Britaniya bilan hamkorlik imkoniyatlarini muhokama qilish imkoniga ega boʼlishdi.Go’lib jamoalarga sertifikatlar, xorijiy adabiyotlar, vaucherlar va nominatsiyalar g’oliblari e’lon qilindi.

Tashabbus Oʼzbekiston va Buyuk Britaniya oʼrtasida taʼlim sohasida uzoq muddatli strategik sheriklikni rivojlantirishga qaratilgan Britaniya Kengashining «Going Global Partnerships» loyihasi doirasida amalga oshirildi.   Tashabbus, shuningdek, Oʼzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Britaniya Kengashi va «Advance HE» tashkiloti bilan hamkorligida ishlab chiqilgan va oliy taʼlim sohasida loyihalarni muvaffaqiyatli boshqarish va sifatni taʼminlash boʼyicha loyihalarni ishlab chiqishga qaratilgan «Change Academy» dasturining yakuniy bosqichini oʼz ichiga olganligi munosabati bilan dastur «Change Academy» festivali va davra suxbati, qiziqarli savol va javoblar  bilan yakunlandi.

Shuni eslatib o’tamizki, Britaniya Kengashi sanʼat va madaniyat, taʼlim va ingliz tili orqali Buyuk Britaniya va boshqa mamlakatlardagi odamlar oʼrtasida aloqalar, tushunish va ishonchni oʼrnatishga xizmat qiladi .Shuningdek, yoshlarga oʼz salohiyatini roʼyobga chiqarish, kuchli va inklyuziv jamiyatlarda ishtirok etish uchun koʼnikmalar, ishonch va aloqalarni rivojlantirishga yordam berish bilan bir qatorda ingliz tilini oʼrganish va o’qtitish, sifatli taʼlim olish va xalqaro miqyosda tan olingan malakalarni olishda yordam berib, sanʼat va kreativ iqtisodiyotdagi faoliyatimiz ijodiy ifoda va almashinuvni ragʼbatlantiradi va kreativ tadbirkorlikni rivojlantirishga yordam beradi. Umid qilamizki, o’zaro hamkorlikdagi bu kabi xalqaro tadbirlardagi ikki tomonlama tajriba almashishi, oily ta’limda sifat samaradorligini ta’minlash va boshqaruv madaniyatini shakllantirish bo’yicha olingan tajribalar O’zbek Oliy Ta’lim muassasasalarining boshqaruv va ta’lim jarayonida istiqboldagi ijobiy natijalar salmog’ini oshiradi.