TIQXMMI yangiliklari

img
26.05.2022

Universitetimiz vakillari “So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbirlarida

25 may kuni Toshkent viloyatidagi 900 ga yaqin umumtaʼlim maktablarida so‘nggi qo‘ng‘iroq chalindi. Bitiruvchilarga davlat rahbarining tabrigi o‘qib eshittirildi. “Gidravlika va gidroinformatika” kafedrasi professor-o‘qituvchilari Nurafshon shahrida joylashgan 13 va 73 umumtaʼlim maktablarida tashkil etilgan “So‘ngi qo‘ng‘iroq” tadbirlarida ishtirok etib ushbu maktablarning 9 va 11 - sinf o‘quvchilariga Universitetimiz rektori tabrigi yo‘llab, estalik sovg‘alarini tantanili ravishda topshirib, tadbir ko‘rkiga yanada fayz qo‘shishiga sabab bo‘ldi. Bahorning so‘nggi kunlari, tugar bolalik chog‘larida maktablarini tark etar ekan, bituruvchilar orzulari, yoshligimizning bir qismini qoldirib ketayotgandek bo‘ladi. Oxirgi qo‘ng‘iroq chalinayotgan paytda, vaqtni orqaga qaytargim keladi go‘yo, lekin buning iloji yo‘q. Oldinda yangi hayot, yangi orzular va kutilmagan imtihonlar, talabalik baxtidek yangi hissiyotlar doim o‘ziga tortadi. Tadbir nihoyasida so‘nggi qo‘ng‘iroq jiringlab, “Xayr, maktabim” qo‘shig‘i birgalikda kuylanadi.

Universitet matbuot xizmati