20.05.2024
Universitetimiz professor-o‘qituvchilari, xodimlari va talabalari diqqatiga!
Sir emaski hozirda internet va ijtimoiy tarmoqlar orqali kiberjinoyatlar ko‘plab amalga oshirilmoqda. Jinoyatchilarning yagona maqsadi -fuqarolarning ishonchiga kirib turli usullaridan foydalangan holda pul mablag‘larini qo‘lga kiritishdan iborat. So‘nggi paytlarda universitetimiz professor-o‘qituvchilari va talabalari orasida ham bu kabi holatlar kuzatildi.
Shuni inobatga olib barchani ogohlikka chaqiramiz va quyida keltirilgan ko‘rsatmalarga amal qilishingizni so‘raymiz.
- Shaxsga doir ma’lumotlarni hech kimga ochiqlamang.
- Ijtimoiy tarmoqlardagi akkauntlarni ham buzib kirishlariga sharoit qoldirmang.
- Bank kartalari bilan bog‘liq har qanday pulli operatsiyani amalga oshirishda xushyorlikni yo‘qotmang.
- Elektron pochta, messendjerlar yoki ijtimoiy tarmoqlar orqali keladigan noma’lum havolalarni yuklamang va xabarlarni qayta tekshiring.
- Hech qachon begona saytlarga plastik karta ma’lumotlaringizni kiritmang.
Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi