TIQXMMI yangiliklari

img
29.09.2022

Universitetda “Qishloq xoʼjaligini barqaror rivojlantirish maqsadida xamkorlik” mavzusida ilmiy-amaliy seminar oʼtkazilmoqda

Bugungi mazkur ilmiy-amaliy seminar SUSADICA va SDG Nexus xalqaro loyihalari doirasida erishilgan natijalar va yaqin davrlarda olib boriladigan tadqiqotlar va rejalarni muxokama qilishga bagʼishlangan.
Ushbu seminar olim va mutaxasislar oʼrtasida fikr almashish uchun platforma vazifasini bajarib, loyihalar doirasida erishilgan natijalarni va yangi gʼoyalarni muxokama qilishga imkon beradi. Seminarda Oʼzbekiston, Germaniya olimlari, doktorantlari va universitetlar professor-oʼqituvchilari ishtirok etmoqda.
Qishloq xoʼjaligi va soha oliy taʼlimini ilmiy barqaror rivojlantirish xar qanday mamlakatning shu jumladan Markaziy Osiyoni barqaror rivojlanishini xal qiluvchi omil hisoblanadi.
Seminarda iqtisodiyotning faol sektori va ilm-fan bilan yaqin bogʼlanishga qaratilgan oliy taʼlim va fan sifatini oshirishning istiqbolli yoʼnalishlari aniqlanib, yetakchi oliy taʼlim muassasalari va ilmiy markazlar bilan oʼzaro manfatli xamkorlikni jadallashtirishga eʼtibor qaratildi.
Ushbu ikkita loyihaning bugun qaralayotgan yutuqlari va kelgusidagi rejalari bizning universitetimiz oʼrtasidagi oʼzaro manfatli xamkorlikni yaqqol namunasi boʼladi.
 29/09/2022