Universitet xotin-qizlar maslahat kengashi tomonidan 1-kurs talaba qizlari bilan uchrashuv
“TIQXMMI” MTUda Universitet xotin-qizlar maslahat kengashi tomonidan oliy taʼlim muassasasiga qabul qilingan 1-kurs talaba qizlari bilan uchrashuvlar oʼtkazish anʼana tusini olgan. Jumladan joriy yilning 9–sentyabrь kuni “Gidromelioratsiya” fakulteti xotin-qizlar masalalari bo‘yicha dekan o‘rinbosari Z.Beknozarova raxbarligida talaba qizlar bilan uchrashuv o‘tkazildi. Unda fakulьtet tьyuterlari Аsralova D, Tursunova Z va Аxmedjanova G.lar ishtirok etishdi. Suhbat davomida qizlarga Universitetda oʼquv jarayoni, talabalar uchun yaratilgan imkoniyatlar va shu bilan birga talabalarning vazifalari, burchlari xaqida maьlumot berildi. Yani: “Odob-axloq qoidalari” bilan talaba-qizlarni tanishtirib, bu qoidalarni bajarilishiga har bir professor-oʼqituvchi va talabalar masʼul ekanligini tushuntirdi.
Shuningdek, universitet rahbariyati, fakulьtetlar, kafedralar va yoʼnalishlar haqida batafsil maʼlumot berdi. Bundan tashqari talabalar turar joyi yashash sharoitlari, turmushga chiqqan qizlarni qo‘llab-quvvatlash, ehtiyojmand oila farzandlariga moddiy yordam ko‘rsatish borasida keng tushuntirildi. Shuningdek, o‘z o‘rnida qizlarning institut ichki-tartib qoidalariga amal qilgan holda kiyinishlari, turar joyda ozodalikka rioya qilishlariga ham alohida to‘xtalib o‘tildi. Talaba qizlarimizgа xar bir soxada faol boʼlishi kerakligi oʼqtirib oʼtildi va suxbat talaba qizlar bilan qizgʼin savol javoblar tarzda olib borildi.