TIQXMMI yangiliklari

img
22.04.2022

Universitet va maktab hamkorligi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti SH.Mirziyoyev raisligida 2022-yil 2-aprel kuni o‘tkazilgan xalq ta’limi sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar natijadorligiga bag‘ishlangan kengaytirilgan videoselektor yig‘ilishida bildirilgan topshiriqlar ijrosini ta’minlash maqsadida universitet tomonidan “Elektr ta’minoti va qayta tiklanuvchan energiya manbalari” kafedrasiga Toshkent viloyati Piskent tumani XTB tasarrufidagi 11 va 12-maktablar biriktirilgan.

Universitetimiz kafedra professor-o‘qituvchilari joriy yilning 21-aprel kuni Piskent tumanida joylashgan 11-umumiy o‘rta ta’lim maktabiga tashrif buyurishdi. Kafedramiz a’zolariga shaxsan maktab direktori Gulchehra Abdunabiyevna hamrohlik qildi va bugungi kunda maktabda pedagoglar faoliyati hamda maktabning moddiy-texnik bazasi bilan yaqindan tanishtirdi. Jumladan, maktab 240 o‘ringa mo‘ljallangan maktabda dars jarayonlari 2 smenada tashkil etilgan bo‘lib, bugungi kunda 212 nafar o‘quvchi (shundan, 108 ta o‘g‘il va 104 ta qiz bola) tajribali pedagoglar qo‘lida tahsil olib kelmoqda. Pedagog xodimlar soni 21 nafar bo‘lib, shundan 19 nafari oliy ma’lumotli, 2 nafari esa o‘rta maxsus ma’lumotga ega. O‘qituvchilarning 4 nafari I-toifali, 7 nafari II-toifali, 8 nafari esa mutaxassis hisoblanadi. 2020-2021 - o‘quv yilida maktabning 11-sinf bitiruvchilari soni 27 nafar bo‘lib, ularning 7 nafari oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirishgan. Maktabdagi sport zal, o‘quv xonalari va boshqa maxsus xonalar talabga javob beradi. Maktab sariq toifali hududga mansub.

Bundan tashqari kafedra professor-oqituvchilari va maktab bitiruvchi sinf oquvchilari ortasida ularning qiziqishlari hamda kelajak rejalari haqida erkin savol-javob tarzida suhbat otkazildi. Tashrif songida maktab va kafedra ortasida maktabda taʼlim sifati hamda oqituvchilarning kasbiy mahoratini oshirish va metodik qollab-quvvatlash uchun hamkorlikni tashkil etish boyichaYol xaritaishlab chiqildi hamda unda belgilangan vazifalarning bajarilishi doimiy nazoratda bolishi kelishib olindi.

“Elektr ta’minoti va qayta tiklanuvchan energiya manbalari” kafedrasi

tayanch doktoranti N.Abdug‘aniyev axboroti

Universitet matbuot xizmati